Izohli lug‘at
qatlam
қатлам
Ma’nolari
- Maʼlum qalinlikdagi yoki qat-qat yoyiq narsalar qavati; qat.
- Tarkibi asosan bir xil boʻlgan jinslarning yoyiq qavati.
- Kishilarning ayrim belgilar bilan birlashgan guruhi; tabaqa.
- Har qanday narsaning ayrim belgilariga koʻra birlashgan guruhi.
- qavat.
Misollar
- Shagʻal qatlami. Atmosferaning yuqori qatlami. Tuproqning ustki qatlami.
- Daraning ikki yoni juda tik; necha terak boʻyi baland tosh qatlami devorday yuksalib, xuddi zangori koʻlday jimirlagan osmonni koʻtarib turganga oʻxshardi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Ohaq qatlami. Tosh-koʻmir qatlami.
- Margimushni bilasiz, uchuvchi unsur, u oltinli qatlamlar tepasida nurday taralib, hovurday jimirlab yotadi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Qalin qor qatlami hamma narsani, shu jushadan, politsiya faoliyatini ham toʻxtatib qoʻydi. — Gazetadan.
- Tilning lugʻaviy qatlamlari.
- Bir necha qatlam qilib oʻralgan chit roʻmolni boʻyniga tashlab olgan edi. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0