Izohli lug‘at
qatqaloq
қатқалоқ
Ma’nolari
- Kuchli yogʻinlar va sugʻo-rishdan soʻng nam tuproq betida hosil boʻladigan qattiq qatlam.
- Yer, qor va shu kabilarning muzlab, qotib qolgan ustki qatlami. Koʻcha muzlab, qatqa-loq va toygʻoq hosil boʻlibdi. I. Rahim, Ix-los.
- Qatqaloq sovuq Hamma narsani muzla-tib, qotirib qoʻyadigan qattiq sovuq.
Misollar
- Urugʻ ekilgandan soʻng ustiga kuchli yomgʻir yogʻsa, tuproq beti qotib qoladi, biz shuni qatqaloq deymiz. A. — Qodiriy — Obid ketmon.
- Bugun zveno aʼzolari dalaga chiqib, qatqaloq yerlarni yumshatib, gʻoʻza nihollarining tagini boʻ-shatish bilan band. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Bektemir qatqaloqlarga qoqinib-suqinib, shtabga keldi. — Oybek — Quyosh qo-raymas.
- Odam-lar "chiyillagan chilla" deb tariflagan kunlarda shunday qatqaloq sovuq rosa bir hafta davom etdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0