Izohli lug‘at
qaymoq
қаймоқ
Ma’nolari
- Bir necha vaqt turgan, saq-langan sut betida paydo boʻladigan yoki sutdan separator yordamida yoki boshqa yoʻl bilan ajratib olingan quyuq, yogʻli maksu-lot.
- Qaymoq bogʻlamoq 1) betida qaymoq qat-lami hosil boʻlmoq; 2) beti qaymoq kabi parda bilan qoplanmoq.
- koʻchma Kishi yoki narsalarning eng yaxshi qismi, sarasi, asillari.
- Biror ish, narsa va shu kabilarning natijasi, hosili, xullasi.
- Qaymogʻini olmoq 1) sutning qaymogʻini ajratmoq; 2) natijasini yoki xulla-sini olmoq.
- Suv betiga yalpoq tosh yoki boshqa narsani otganda, uning bir necha bor suv betiga tegishi, shu tegishdan hosil boʻla-digan holat.
Misollar
- Quyuq qaymoq. Yaxshi sutning qaymogʻi sermoy boʻladi. v
- Sutdan qaymoq, qatiq, sariyogʻ tayyorlanadi. — K. Mahmudov — Oʻzbek tansiq taomlari.
- Suv qaymoq bogʻlabdi (yaʼni yupqa muz bilan qoplanib-di). Murabbo qotib, qaymoq bogʻlabdi. — Qay-moq choy Qaymoq solingan choy — qaymoqli choy.
- Shodimat.. astga artashtirtgan sa-riyoqqa nonni botirib, qaymoq choy btan rosa tushirdi. — A. Muhiddin — Oshnalar. Qay-mokdek yoqdi Juda maʼqul tushdi, juda yoqdi.
- Uning bu soʻzlari menga qaymoqdek yoqdi.
- Yigitlar-ning qaymogʻi frontda.. Lekin ish sustlash-gani yoʻq. — S. Zunnunova — Olov. -Juda soz, —
- qichqirdi Oʻsarjon. — Soʻzning qaymogʻi — tanqid! — Oybek — O.v. shabadalar.
- Yerning qaymogʻi — mehnat qilganniki. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Bir yillik mehnatimizning qaymogʻini oladigan vaqt keldi.
- Nodir bilan Muzaffar past-roqda kim koʻp "qaymoq" qilish oʻynashardi. Nodir.. yassiroq tosh olib, suv oqimiga qarata otar, tosh esa suv yuzida sakray-sakray, besh-olti "qaymoq" hosil qilardi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0