Izohli lug‘at
qaynoq
қайноқ
Ma’nolari
- Qaynagan, qaynab turgan; kuydiradigan darajada issiq.
- Harorati baland; haroratli, issiq.
- Joʻsh urgan, avj olgan; qizgʻin, joʻshqin.
- Kuchli, kuchaygan, toʻlib-tosh-gan, oshib-toshgan.
- Kuch-gʻayratga toʻlgan, kuch-gʻayra-ti toʻlib-toshgan; olovli, oʻtli, otashin.
- Odamlar bilan toʻlib-toshgan, odamlar gʻujgʻon oʻynagan.
Misollar
- Qaynoq suv. Qaynoq shoʻrva. Qaynoq choy.
- Qizining hasratini tushungan ona uning qalin sochlarini, qaynoq peshonasini silay boshladi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Sherbek-ning qaynoq nafasi urilganidanmi, Nigo-raning yuzlari lovullab ketdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Qaynoq ish. Qaynoq mehnat. Qay-noq jang. yat Toʻgʻonbek.. qaynoq siyosiy ku-rashlarga.. boshi bilan iloʻngʻidi. — Oybek — Navoiy.
- Shu qaynoq vaqtda choʻqqayib, bir piyola choyni yuz qultum qiladi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Qaynoq gʻazab. Qaynoq kosoye hissi. n
- Hozir ularning diydor koʻ-rishlari, birinchi marta boshlaridan ke-chirayotgan qaynoq tuygʻulari.. har qanday oʻpichlardan koʻra balandroq, sofroq edi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Qaynoq yoshlik. Qaynoq yurak. n
- Bu qaynoq yoixlar.. Shodlik yoshi, uchrashuv yoshi. Ikki-mizning qalbimizni ham Qizdirardi zafar quyoshi. — Uygʻun.
- [Yoʻlchi\ Ikki qu-loch arqonni belbogʻ ustidan boylab, hammol-lik qilish uchun bozorning eng qaynoq joyiga bordi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0