Izohli lug‘at
qaytarmoq
қайтармоқ
Ma’nolari
- Olingan narsani joyiga qoʻymoq yoki egasiga keltirib bermoq, yubormoq.
- Choyni qaytarmoq Choyni bir necha bor piyolaga, undan yana choynakka quymoq.
- Takror qilmoq, takror etmoq, takror-lamoq.
- Bukmoq, qayirmoq.
- Kimsani biror nomaqbul yoki nojoʻya ishdan, xatti-harakatdan tiyilishga un-damoq, tiymoq.
- Daf qilmoq, yoʻq qilmoq, yoʻqqa chi-qarmoq.
- etn. Qaytariq qilmoq, qaytariq qi-lib daf etmoq, yoʻq qilmoq.
- Rad etmoq, yoʻq demoq, qabul qilmas-lik.
- Gap qaytarmoq Aytganini qilishdan, bajarishdan boʻyin tovlab aytishmoq, bahs-lashmoq, tortishmoq.
- Qusmoq, qayt qilmoq. Oʻrnimdan tur-sam, boshim aylanadi, ovqat yesam, qayta-rib tashlayman. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir.
- Kavsh qaytarmoq q. kavsh. Tutun qay-tarmoq q. tutun. Shaxtini (yoki shashtini) qaytarmoq 1) astoydil kirishilgan ish-harakatdan qaytarmoq, hafsalasini pir qilmoq, koʻnglini sovitmoq.
Misollar
- Xafa boʻlma. Onani qaytarib boʻlmaydi.. Singlingni qidirib topamiz. — N. Safarov — Sharq tongi.
- Qarzni qaytarmoq. Kitobni kutubxonaga qaytar-moq. Ishlatilgan asboblarni joy-joyiga qaytarib qoʻymoq. yat Toʻlagan akaning ari-zasini, oti bilan sigirini qaytarib be-rish — ertaga yana bir necha ariza tushuviga yoʻl ochish demakdir. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Saltonbu ichilmagan suvni kuraga qaytarib toʻkdi-yu, shoshib kelib, un yoni-ga choʻnqaydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Toza-gul choyni piyolada shopirib qaytara boshla-di. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Savolni qaytarmoq. Xatoni qay-tarmoq. Darsni qaitarmoq. Xatni qayta-rib oʻqimoq. v [Ashulani] Ikkinchi qayta-rib aytishda unga Xonimbibi qoʻshshishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Rais Nizomiddi-novga tanbeh qildi: -Gapirilgan gaplarni qaytarmang-da, hatto oʻzingiz aytgan gaplarni takrorlayotirsiz! Konkret faktlarga oʻting. — A. Qahhor — Munofiq.
- Etakni qaytarmoq. Yoqani qaytarmoq. Dasturxonning chetini qaytarib tikmoq. v Munisxon qora bar-xit paltosining yoqasini boshigacha qay-targan va uchini bir qoʻli bilan iyagi osti-dan ushlagan, birovni kutgan vaziyatda tu-rar edi. A. Qahhor, Sarob.
- Ichkilikdan qaytarmoq. Che-kishdan qaytarmoq. v
- Menga shuncha yaxshi-lik qildingiz.. yangi kelgan vaqtingizda me-ni yomon yoʻldan qaytardingiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Hujumni qaytarmoq. Birlashgan yov-ni qaytarar. — Maqol. v
- Batalon shu kupi kechgacha dushmanning oʻn uch martaba qilgan shiddatli atakasini qaytardi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Margʻilon-likning domlasi juhud ham emas, musulmon ham emas. Hindilarning ham hannosi, bas, hannosning sehrini na musulmon domlasi qaytarsin-u, na juhud. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Raʼyini qaytarmoq. Iltimosini qay-tarmoq. v
- Aqlli, nomusli qiz oʻz dadasi-ning gapini hech vaqt qaytarmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dadamga mening arzimni aytsangiz, albatta, qaytarmas. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Akbarxoʻja:] Agar bo-laning ruhi sinsa, shunaqa betgachopar, kat-taga soʻz qaytaradigan qaysar boʻladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Qoʻlini qaytarmoq Biror narsa uzatgan, tutgan kishining qoʻlidan uzatilgan, tutilgan narsani olmaslik.
- Mana bu uzumni oling, juda yaxshi pishibdi, qoʻlim-ni qaytarmang. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Umurzoq:] Mayli, bolakaylarning shaxtini qaytarma, harna yordam berishgani. "Hayt" degan tuyaga mador. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar; 2) gʻa-zabidan tushirmoq, muloyim, yuvosh qilib qoʻymoq.
- Tantiboyvachcha Yoʻlchining shaxtini qaytarish va oʻziga mute qilib olish niyatida unga pul uzatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kecha oʻrda bek oyimdan menga arava kelgan ekan, feʼlim aynab turgan edi, bor-may, aravani boʻsh qaytardim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
1 Qaytmoq fl. ort. n. ◆ Koptokni tepib, orqaga qaytarmoq. Podani iziga qaytarmoq. Traktorni oʻngga qaytar-moq. Asliga qaytarmoq. Hayotga qaytarmoq. Xatga javob qaytarmoq. Teshaning yuzini qaytaradigan yogʻoch. Nur qaytaradigan oyna. Yaxshilikka yaxshilik qaytarmoq. n Gulnor bogʻda iiiashga yugurar ekan, Gulsumbibi qay-tardi. Oybek, Tanlangan asarlar. Oʻzbek oyim
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0