Izohli lug‘at
qazo
қазо
Ma’nolari
- Oʻlim; vafot; oʻlish, vafot etish; oʻlim soati, ajal.
- Qazo qilmoq 1) oʻlmoq, vafot etmoq.
- Qazovu qadar arab. – taqdir taqozosi bilan, tasodifan; Taqdir, qismat.
Misollar
- Qazosi yetdi.
- Jon bor yerda qazo bor. — Maqol.
- Kunim bitib, qazoyim yaqinlashib qoldi shekilli.. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Zagʻchakoʻz.. Qamishkapadagi har bir voqeadan bexabar qolmas, toʻy yoki qazoga darrov yetib kelar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Xudoga topshirdim, Kumush, qazoim yetib, koʻrolmay oʻlsam, mendan rozi boʻl. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oradan ikki yil oʻtgach, onasi qazo qildi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.; 2) vaqtida ijro qilmay oʻtkazib yubormoq, vaqtida bajarmay, ijro qilmay qoldirmoq.
- Elmurod birinchi kuni besh vaqt namozni tugal oʻqidi. Ikkinchi kuni uchtasini oʻqib, ikkitasini qazo qildi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Jonivorlarning bir joyda muqim turganini kamdan-kam odam koʻrgan, doimo tipirchilab yurishadi. Qazoyu qadar ularning gavdasiniyam shunga munosib yaratgan. — Sh. Boʻtayev — Qoʻrgʻonlangan oy.
Kelib chiqishi
arab. – qazo - huquqshunoslik, sud ishlari; qozixona; ijro, hukm; taqdir, qismat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0