Izohli lug‘at
qilich
қилич
Ma’nolari
- Bir tigʻli, gʻilof (qin) bilan yonga osiladigan, chopish, sanchish bilan yovga shikayet yetkazadagan qurol.
- Qilich oʻynatmoq (yoki koʻtarmoq) Qilich bilan tahdid qilmoq.
- Qilich (erkaklar ismi).
Misollar
- Oʻtkir qilich. Uchi qayrilgan qilich. Qilich yalangʻoch-lamoq. Qilichni qindan sugʻurmoq. Qilich solmoq. Qilich bilan urmoq. n Mudofelar qoʻllaridagi miltiq, shashvar, oybolta, qi-lich va nayzalari bilan tizilishib oldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Ot ustida qilich oʻynatgan Toʻxtasin oʻz yigitlari bilan bosib kiradi. — K. Yashin va M. Rahmon, Sirdaryo. Qilichdan oʻtkazmoq (yoki kechirmoq) Qilich solib oʻldirmoq, qirmoq.
- Parizodni, xonni ham, Ikki nomard jonni ham Qilichdan oʻt-kazmoqqa.. Hozir edi shul zamon. — H. Olimjon.
- Ushbu farmonimizni olgan on, darhol oʻn besh yoshdan to yetmish yoshgacha boʻlgan qipchoq er zotini qilichdan kechirgaylar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Qilichidan qon tomadigan ayn. qamchisidan qon tomadigan q. qamchi.
- Bu yerda Shoʻroga qarshi isyon chiqarish u yoqda tursin, qilichidan qon tomadigan besh-oʻnta maslak-dosh ham topilmadi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0