Izohli lug‘at
qiliq
қилиқ
Ma’nolari
- Kishining yurish-turishidagi, boshqalar bilan muomalasidagi oʻziga xos harakatlari, xulq-atvori.
- Gʻayritabiiy yoki nojoʻya ish, harakat, odat va sh.k.
- Umuman, kishining odati, rasmi.
Misollar
- Qiligʻi issiq odam.
- Qiligʻi sovuq yigit.
- Uning qiliqlari oʻziga juda mos tushar, hatto qoʻli qattiqligi ham fazilatdek tuyulardi. — F. Musajonov — Pushaymon.
- Kechirasiz! — dedi oʻz qiligʻiga uyalib, sholgʻomday qizarib ketgan Mastonov — Gʻayratiy — Yoʻqlov.
- Kelishmagan qiliqlar.
- Zebixon shunaqayam qiliqlar qildiki, Tursunboy angrayib qoldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Bunaqa qiliq Nishopuriy janoblaridan chiqadi — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Fuqarolarning kechagi qiligʻi Sultonali hojini telba qilib qoʻyay dedi — S. Siyoyev — Avaz.
- -Hali ham eski qiligʻini qoʻmsaydi. Uyga chaqirib, oldiga dasturxon yozmaguncha, suv bermaydi, — dedi DavlatyorP. Tursun — Oʻqituvchi.
- Keldi qonli qilichini Koʻtarib Tugʻliq. Bu ham chiqardi yana Koʻp nayrang, qiliq. — Gʻayratiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0