Izohli lug‘at
qiltillamoq
қилтилламоқ
Ma’nolari
- Arang qimirlamoq, jonsiz tebranib turmoq.
- Arang jon saqlab turmoq.
- Qimirlamoq, qaltiramoq.
Misollar
- U gʻoz boʻyniday ingichka boʻynida qiltillab turgan boshini dadil va baquvvat tutishga tirishardi. — Oybek — Quyosh qoraymas. Hojiya xola qil-tillab kelib, Muhabbatni bagʻriga bosdi. V. Gʻofurov, Vafodor.
- Shu tobda qilkoʻprikning ustida qiltillab turibmiz! — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Elgeldi turgan joyida qiltillab ketdi, xuddi oʻgʻriday, yon-beriga alanglab oldi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0