Izohli lug‘at
qimirlamoq
қимирламоқ
Ma’nolari
- Sekin-asta yoki gʻi-mir-gʻimir harakat qilmoq, u yon-bu yon borib-kelib, silkinib turmoq; tebranmoq. Shamol boʻlmasa, daraxtning boshi qimir-lamaydi. Maqol. m
- Joyidan qoʻzgʻalmoq, jilmoq, silji-moq, nari ketmoq.
- Ish, harakatda boʻlmoq, chalish-moq; yurmoq.
- Biror ish-mashgʻulot bilan band boʻlmoq, shu tufayli kun kechirmoq, tirik-chilik qilmoq.
- Qimirlab qoldi 1) qimirlash holati yuz berdi (q. qimirlamoq 1). Odamlarga jon kirganday, bir-birlariga jilmayib, qimir-lab qolishdi. E. Raimov, Ajab qishloq; 2) harakatga tushmoq, qoʻzgʻalmoq; ish-fao-liyatida jonlanish yuz bermoq.
Misollar
- Qurbon ota choʻkka tush-gan, ikki qoʻli tizzasida, xuddi surat ol-dirayotganday hech qimirlamaydi. — A. Qahhor — Toʻy.
- Shu vaqt taxmonga osilgan kirpoʻsh oʻz-oʻzidan qimirlaganday boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Umurzoq ota ana uty xayollar bilan ekan, ikki qarmoq birin-ketin qi-mirlab qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Shu joydan qimirlama. Bemor oldida qimirlamay oʻtirmoq. sht "Gʻir" etgan shamol yoʻq, ot-arava koʻtargan chang, havoda uzoq vaqt qimirlamay turib qolar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tezroq qimirlang, kech qolyapmiz. Qimirlagan qir oshar. — Maqol.
- yash Yigirma uchta mashinamiz boʻlsa-yu, shundan bor-yoʻgʻi toʻrttasi qimirlasa-ya! — "Mushtum".
- Rahmatlik buvam oʻlganlari-dan keyin samovar oʻzimga qoldi. Yosh boʻlsam ham, choyxonada qimirlab turibman. — B. Rah-monov — Mardlar qissasi.
- Men ham, albat-ta, tek oʻtirmay, kuchim yetgancha qimirlab turibman. Qurt tutamiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Joni bor odam qimirlab turishi kerak — uning falsafasi shu. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Be-ye, menda poʻlat nima qiladi, taqsir. Eski taqalar, temir-ter-saklar bilan zoʻrgʻa qimirlab turibmiz. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Narx-navo qimirlab qoldi. n
- Muz koʻchdi, oʻrtoq Safarov, oʻrta dehqon qimirlab qoldi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Qimirlagan jon Tan-joni sogʻ, joni bor har bir odam, inson zoti.
- Qimirlagan jon yoʻq emish. Behishtday bir olam emish. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
- Kechki kuz bobodehqonni juda tashvishlantirib qoʻydi, qimirlagan jonda yaxshi tashvish. — Gazetadan.
- Ayniqsa, yigʻim-terim paytlari qimirlagan jon borki, dalada koʻrmasa, koʻngli yupanch top-mas edi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0