Izohli lug‘at
qimmat
қиммат
Ma’nolari
- Nisbatan yoki meʼyor, moʻljaldagidan katta pul turadigan, narxi baland.
- Bir pulga (yoki paqirga) qimmat Hech narsaga arzimaydi.
- m
- ayn. qimmatbaho 1.
- Pulga, \yech narsaga sotib olib boʻlmaydigan; bahosi yoʻq, bebaho, qadrli, aziz.
- Mavqe, ahamiyat darajasi.
- Qimmat (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Qimmat mol. Qimmat buyum. n
- Qimmat boʻlsa ham, noiloj olar edim-a, lekin puldan hemiri ortmadi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Shunaqa qimma-tidan olmasdan, gazmol olib kelsangiz-ku, bir xil qilib tikib berardim.. R. Fayziy, Sen yetim emassan.
- Etigingiz qimmat, usta. Biz talabalarning qudratimiz yetmaydi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bir pulga qimmat mato.
- Bir paqirga qimmat, oʻtkinchi ikir-chikirlar uchun jon kuydiradi-yu, eng bebaho xazinasidan — salomapshgidan judo boʻla-yotganini oʻylab oʻtirmaydi. — Oʻ. Hoshimov — Nur borki, soya bor. Qimmat bermoq Baho bermoq; baholamoq. Darhaqiqat, oʻzaro bitmas nizolarning asli maʼnosini u yaxshi anglab tahlil qilar va durust qim-mat berar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Qimmatga tushdi 1) moʻljallanganidan yuqo-ri narxga olindi. Antibiotiklar mikroor-ganizmlardan hosil qilinishi sababli qim-matga tushadi. "Fan va turmush"; 2) katta sarf-xarajat, mehnat va sh.k. evaziga amalga oshdi, qoʻlga kirdi; zarar keltirdi.
- Bu jang bizga qimmatga tushdi, ancha oʻt ochish nuqtalarimiz qurollar va soldat-larimiz bilan birga yakson etildi. — T. Rustamov — Mantu jasorat.
- Masʼul lavozimdagi xodim yetti oʻlchab, bir kesmasa, uning xatosi qimmatga tushishi turgan gap. — Gazetadan.
- Olgan sovgʻam oltin uzuk, qimmat tosh emas. — Gʻayratiy.
- -Senga ham darkor, — deb durru javohir, qimmat toshlardan berdi. — "Nurali".
- Bilim davlatdan qimmat. — Maqol. n
- Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq ista-sang, Qimmat umring qilmagshi behudaga be-kor, oʻqi/ — Hamza.
- Unsin, hammasi ortiqcha narsa. Bularning hammasidan menga bir eski doʻppi qimmat. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kamida bir yilga soʻz berib qoʻydim. Soʻz oltindan qimmat-ku, axir/X,. — Nazir — Yonar daryo. Jid-diy fikr, chinakam hissiyot, samimiyat, yuk-sak mahorat —
- ana shular shoirning bundan keyingi qimmatini belgilab beradi. — "OʻTA".
Kelib chiqishi
\a. g. „l — boylik, qimmat-baho narsa, qadriyat; baho; qiymat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0