Izohli lug‘at
qiya
қия
Ma’nolari
- Bir tomoni baland, bir tomoni past yer, qiyalik; togʻ yoki tepalik yon-bagʻri.
- Qiygʻoch ochilgan narsalarning ora-ligʻi, tirqishi.
- sft. ayn. qiyalama.
- sft. Qiygʻoch ochilgan, sal ochilgan, sal ochiq.
- sft. Burchakma-burchak yoki qiyalab yoʻ-nalgan; ogʻma, yotiq.
- Orqasini oʻgirgan, yonga qaragan, bu-rilgan, oʻgirilgan holat(da).
- Qiya boʻlmoq (yoki boʻlib ketmoq) Qil-mishiga yarasha javobgarlikka tortilmoq.
Misollar
- Karvonni horitar yoʻlning qiyasi. — "Alpomish".
- Qiygʻir degan qush oʻltirar qiyada. Bunday suluv yoʻqdir ushbu dunyoda. — "Yodgor".
- Eshikning qiyasidan qaramoq. n
- Chodir pardasi qiyasidan amirning koʻzi birinchi marta qoʻlida burgut qoʻndirgan Haydarmerganga tushdi. — M. Joʻraboyev — M. B. martabasi.
- Qiya yer. Qiya yoʻl n
- Aksari qiya joylardan dovon oshib bori-ladigan Qaynar yoʻli hozir ot-arava uchun yopiq. — S. Anorboyev — Oqsoy. U.
- qiya arqonus-tiga oyoq qoʻyib, yuqoriga koʻtarila boshladi. — Mirmuhsin — Dorbozlar.
- Sandiq qopqogʻini qiya qilib koʻtar-moq. m
- Xotin toʻxtadi va yigitga qarab, betidagi chashmbandini qiya ochdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Qiz qiya qolgan eshikni se-kin zichladi-da, oʻylanib, yigitning keti-dan qarab qoldi. — A. Qahhor — Sarob.
- Qiyaxat. Qiya yomgʻir. Ari-za tepasiga qiya qilib yozilgan xat. Roʻmolni qiya oʻramoq. n
- Qiya tushayotgan quyosh nuri-dan uning tekis taralgan sochi ham.. tovla-nib turardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Qiya oʻtirgan Hayotning.. boʻliq koʻkragi nafasiga hamo-hang boʻlib, gvh koʻtarilar, goh tushar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Erta-indinoq Xoltojixon traktorga qiya minib, Hayot-xonga balanddan qaraydi. — R. Rahmonov — Baxt bilan uchrashuv.
- Akt Hakim akamlarning qoʻllaridan nariga oʻtmasin. Caji nariga oʻtsa bormi, qiya boʻl-ganimiz oʻsha deyavering, xoʻjayin. — B. Rahmo-nov — Xoʻjayin koʻchdi.
- Poradan gapirmang. Pora bergan ham, olgan ham qiya boʻlib ket-yapti. — S. Ahmad — Choʻl burguti. Qiya qaramoq (yoki boqmoq) I) koʻz qiri bilan qaramoq, qayrilib qaramoq.
- Sherbek bilan sipo koʻ-rishdi-da, bosh hisobchi Saidgʻoziga yer osti-dan qiya boqdi. — S. Anorboyev — Oqsoy; 2) bir nazar tashlamoq, iltifot qilmoq, nazar-pisand qilmoq.
- Tushimda enam.. yoʻl oʻrta-sida qiya boqmay ketyapti. Oybek, Quyosh qoraymas; 3) ishonchsizlik bilan karamok,, ishonmaslik.
- Yangilikka qiya qarov-chi kishilar ham yoʻq emaye. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0