Izohli lug‘at
qiyalamoq
қияламоқ
Ma’nolari
- (asosan -(i)b qoʻshimchali rvdsh. shaklida qoʻllanadi — qiyalab) 1 Qiya holda yoʻnalmoq.
- Qiya qilmoq, qiya holatga olmoq.
- Qiyalab oʻtmoq Chetlab, chap berib oʻtmoq.
Misollar
- Koʻchadan qiyalab oʻtmoq. Qiyalab kesmoq. Yomgʻir qiyalab yogʻmoqda. shi Ufqni qiyalab boruvchi kuz quyoshi tikka koʻtarilmay, togʻlar orqasidan oʻtarkan, kun juda tez kech boʻlib qoldi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Bir tomoni qiyalab tu-shib, katta tosh yoʻlga tutashgan.. qovun bozori odamlar bilan gavjum. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Uning diqqatini shu choq eshikni qiyalab moʻra-layotgan bolalar tortdi. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Mayna shoshib, roʻmolini qiyaladi va sekin eshik tomonga koʻz tashladi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- ..qonun hamisha boʻlgan va bundan keyin ham boʻladi. Hech narsa qilmaydi. Gap qonunni qiyalab oʻtishda. — A. Eshonov — Bir ogʻiz soʻz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0