Izohli lug‘at
qiyinchilik
қийинчилик
Ma’nolari
- Umuman, qiynalish, qiynoq keltiradigan (tugʻdiradigan) holat; qiyinlik.
- Ishga xalal beradigan, uni qiyin-lashtiradigan narsa yoki holat; monelik, toʻsiq, gʻov, qiyinlik. Ungur.. ichkarilashgan sari qiyinchshshklar tugʻdirib bordi. Uch qu-loch ilgarilash bilan ungur ichi ancha qo-rongʻilashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Ular oʻzlarining kuchli irodalari, kurashlari bilan oʻz yoʻllarida toʻgʻonoq boʻlgan qiyin-chiliklarni yengib oʻta oladigan kishilardir. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Mashaqqat; azob-uqubat. U
- Ogʻir moddiy ahvol, qattiqchilik, ogʻirchilik.
Misollar
- Yaralangan Qodir qiyinchilik bilan oʻrnidan turdi. — T. Rustamov — Mantu ja-sorat.
- Dastlab, otangga bor, onangga bor, qabilidagi birmuncha qiyinchiliklar sodir boʻlgan esa-da, keyinchalik ishlar yurishib ketdi. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
- [Yoʻl-chi/ Qoratoyga yoʻliqdi, qiyinchilik bilan bir aravani baylashdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- otasidan yigirma yoshda qolib, ukalarini qiyinchilik bilan boqqan. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Qanchadan-qancha qiyinchiliklar bilan uni oʻqitib, oliy maʼlumot olishiga imkon bergan ota-onasidan umr boʻyi minnatdor boʻlib yashadi. — "Saodat".
- Qiyinchilik bilan oʻsgan bola. n Hammalarining gaplari, aylanib kelib, tobora avj olayotgan qimmatchilik va qi-yinchilik ustida toʻxtalar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0