Izohli lug‘at
qiyiq
қийиқ
Ma’nolari
- Mato, qogʻoz va shu kabidan odatda uchburchak shaklda qiyib olingan parcha yoki ortib qolgan qiyindi, qiyqim.
- Bir tomoni baland, bir tomoni past; qiya, qiygʻoch, qiyshiq.
- Qisiq yoki suzuk; qisilgan yoki suzilgan, qiygʻoch (koʻz haqida).
- Gapga koʻnmaydigan, tutgan yerini kesadigan; oʻjar, qaysar.
- Kamchilik, nuqson, xato.
- Qiyiq gap Boʻlmagʻur, teskari, qingʻir gap.
Misollar
- Qogʻoz qiyiqlari.
- Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qogʻozlar yopishtirilgan. — Oybek — Quyosh qoraymas
- Yigʻilgan pullarni yaktagining qiyiq choʻntagiga solib, xayrlashib joʻnadi. — Habib Nuʼmon va Ahmad Shorahmedov — Ota
- [Kumush] Ayvon ustuniga suyangach, qora qiyiq qoshlarini chimirib, koʻcha yoʻlak tomonga qaradi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Chorbogʻning qoq oʻrtasiga qurilgan baland shiypon zinalaridan oʻrta yoshli, miqtidan kelgan, qiyiq koʻzli bir kishi tushib kelayotgan edi. — Mirkarim Osim — Oʻtror
- Qiyiq bola.
- Mulla Ikrom qiyiq odam boʻlganidanmi yoki kasbi shuni lozim koʻrganidanmi, murosaga unamadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qiyigʻimni bogʻlamadi - qiyiq ekan, Boqsam - koʻzi shoʻxu qoshi quyuq ekan. — Turob Toʻla
- Agapovning seni mensimay piching qilib, gapingdan qiyiq topib oʻtirishi bejiz boʻlmasa kerak. — I. Rahim — Ixlos
- Uning har bir ishi-dan qiyiq topishga urinar edi. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla
- Garchi koʻngliga qiyiq gap kelmagan boʻlsa hamki, shunday yosh juvonda oʻqish oʻzi uchun gʻayritabiiydek koʻrinar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha Qildan qiyiq axtarmoq (yoki topmoq) Toʻgʻri gapdan, ishdan xatolik izlamoq; yoʻq joydan kamchilik topishga harakat qilmoq yoki topmoq.
- Har qaysimiz bitta odam-cha oʻlib-tirilayotgan boʻlsag-u, qildan qiyiq axtarib, zvenomizni toshbaqa qilib, gaze-taga chiqarishsa. — H. Nuʼmon — Fasllar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0