Izohli lug‘at
qiymat
қиймат
Ma’nolari
- . Tovar narxi.
- . Pulning xarid qobiliyati; muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
- . Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati.
- . Savdo-sotiqda: narx, baho.
- . Kishi yoki narsaning turmushda tutgan oʻrni, ahamiyati, qadri.
- . Oʻzgaruvchan miqdorning maʼlum sharoitdagi kattaligi.
- . Oʻlchov asboblari shkalasining har bir boʻlimi ifodalagan kattalik.
- . Qimmat.
Misollar
- Binokorlik ishlarining qiymati ancha kamaytirildi.
- Mollarning qiymati.
- Otabekning.. yozgan xatini oʻqib eshitish Kumush uchun katta qiymatga molik edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Iksning qiymati.
- Bu kishi: Qiymat behikmat emas, arzon beillat emas, buning tagida bir illat bordir, sabr qilaylik, -deb lanjlik qildilar. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Kelib chiqishi
arab. – boylik, qimmat-baho narsa; qadriyat; narx, baho; qiymat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0