Izohli lug‘at
qiynamoq
қийнамоқ
Ma’nolari
- Jisman yoki ruhan ozor bermoq, aziyat yetkazmoq, azob-uqubatga, qiyin ahvolga solmoq.
- Biror jihatdan cheklamoq, qismoq, muhtoj qilmoq, zoriqtirmoq.
- Maxsus usullar bilan azob bermoq, azoblamoq, qiynoqqa solmoq.
Misollar
- Tish ogʻrigʻi meni qiynayapti. Uni tashnalik qiynayapti. m
- Anvar qiynamay, ozor bermay, zaxasiz kapalak tutib kelganlarga sabogʻini oʻqitib qoʻyish bilan mukofot berar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Komila oqsab qoldi, uni baland poshnali, qoshiqday ixcham tuflisi qiynar edi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Nimaga indamaysiz, Hayotxon? Gapiring, yo meni qiynagani chiqqanmidingiz? — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qudam ikkovimiz basma-basiga orzu-havas deb, bolalarni qiynab qoʻyibmiz. — "Mushtum".
- Ovqatdan qiynamoq. Puldan qiynamoq.
- Qiynab soʻroq qilmoq. shsh Bosqinchilar unga sira tinim bermay urmoqda va qiynamoqda edilar. — Gazetadan.
- Fashistlar Hasanovdan oʻzlari uchun kerak boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab, qiynay boshladilar. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0