Izohli lug‘at
qiz
қиз
Ma’nolari
- Balogʻat yoshiga yetmagan ayol.
- Xotin jinsiga mansub farzand (oʻz ota-onasiga nisbatan).
- Balogʻatga yetgan, ammo hali erga tegmagan ayol; maʼsuma, bokira.
- Qizlarga yoki yosh juvonlarga nisbatan murojaatda ishlatilib, hurmat, erkalash, oʻzini yaqin olish singari maʼnolarni ifodalaydi.
Misollar
- Qiz bola.
- Yosh qiz.
- Oʻquvchi qiz.
- Uning uch oʻgʻil, ikki qizi bor.
- Qiz chiqarmoq.
- Qiz uzatmoq.
- Qizi borning nozi bor. — Maqol
- Farzand oʻgʻilmi, qizmi - bari bir, ota-onasining yuragi boʻlar ekan. — Oybek — Tanlangan asarlar
- -Qizmi, juvonmi, Gulnormi - bari bir, man dadamning yosh xotin olishini xohlamayman, - dedi Salim. — Oybek — Tanlangan asarlarQari qiz - qari 1.
- Otga juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-ye. — Abdulla Qahhor — Xotinlar
- Yozib bering, aylanay poshsha qiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0