Izohli lug‘at
qizimoq
қизимоқ
Ma’nolari
- Harorati koʻtarilmoq, baland boʻlmoq; isimoq (asosan havo haro-rati haqida).
- Biror narsa (olov va b.) taʼsirida tana harorati oshmoq, koʻtarilmoq (jism, tana haqida).
- ayn. qizishmoq.
- Qizgʻin tus olmoq.
- Boshi qizidi 1) boshi qon tepgandek ogʻirlashdi.
Misollar
- Havo nihoyatda qizigan, otlar halloslab terlar.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ertalabdanoq kun qiziy boillaydi-da, chosh-gohga borganda quyoshdan olov yomgʻiri yogʻila-di. — H. Gʻulom — Binafsha atri.
- Badani qizidi. Tandir qizidi. Temir qizidi. yat
- Otabekning manglayida turgan qoʻli qizib ketib, ikkinchi qoʻlini almashtirishga majbur boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hamma yoq qum, qizib, yonib yotgan qum.. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- [Sodiq:] Qizib ketgan ekanman, qarang, mingboshini ham choʻzil-tirmoqchi edim-u, biroq orqadan kelib, qoʻ-limni bogʻlaganlarini bilib qoldim. — N. Safarov — Uygʻonish.
- Suhbat qizi-di. Munozara qizidi. n
- U sahna chekkasiga surib qoʻyilgan parda oldiga borganida, konsert qizib ketgan edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bu kun chorshanba boʻl-ganidan bozor ayniqsa qizigan. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Ish qizib ketgan paytda qishloq to-mondan koʻchani changitib kelayotgan mashina koʻrindi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Hozir ovning avji qizigan payti, koʻlda oʻrdak, qashqaldoq koʻp. — J. Sharipov — Xorazm.
- Qoratoy bir oz oʻylanib, boshi qizigan kabi, doʻppisini kursiga olib qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) kayfdan, mastlikdan boshi ogʻirlashgan holga tushdi.
- Qodirning salomatligiga.. bir necha marta qadah koʻtarildi. Qodirning boshi qizib ketdi. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak. Ichi qi-zimoq ain. ichi pishmoq q. ich.
- Sentyabr kelishini kutib, ichi qizib ketyapti Tosh-bibining. — Gazetadan. Qulogʻi qizimoq Goʻyo quloqning bir oz qizishi kimsa haqida biror ran boʻlayotganidan (boʻlganidan) bel-gi, xabar berishini qayd etuvchi ibora.
- Sen haqingda ham koʻp gaplar boʻldi, rosa qulo-gʻing qizigandir. yaya
- Oʻzi yoʻqlarning ham qu-logʻi qizib turarmish. — S. Karomatov — Oltin qum.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0