Izohli lug‘at
qiziqchi
қизиқчи
Ma’nolari
- Qiziq harakatlari va soʻzlari bilan kishilarni kuldiruvchi odam.
- Xalq sayillarida, yigʻilishlarida tomoshabinlarni kuldiradigan oʻyinlar koʻrsatuvchi artist; masxaraboz.
Misollar
- Dadasi juda qiziqchi kishi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Ilgari ovchilik qilgan bir qiziqchi yigit mudirlikni qabul qilgandi. — S. Ahmad — Muzey.
- Qiziqchilar oʻyini. Qiziqchilar kiyimi. Qiziqchi artist, yaya Qishloq bolalari bu masxaraboz, qiziqchi bola — Kimsanning soʻziga qotib kulishdilar. — S. Abdulla — Hasan bilan Kimsan.
- Utmishdagi sanʼatkorlar ichida qiziqchilar alohida oʻrin egallab kelganlar. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0