Izohli lug‘at
qobiliyat
қобилият
Ma’nolari
- . Bilim, koʻnikma, malakalardan farqli oʻlaroq, shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari.
- . Isteʼdod, talant.
- . Umuman, layoqat, qodirlik, qudrat.
Misollar
- Samandar.. oʻzini idora etish qobiliyatidan tamoman mahrum boʻlgan edi. — S. Karomatov — Qalbingda quyosh.
- Gʻafur Gʻulomning bu qadar hozirjavobligi, qobiliyatining siri nimada edi? — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Arabboy yomon oʻqigani bilan yaxshi tashkilotchi, katta mansablarga loyiq qobiliyati bor. — P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Boshqarish qobiliyati. Mudofaa qobiliyati.
- Vodorod bizga maʼlum boʻlgan tabiiy yoqilgʻilar orasida rekord issiqlik berish qobiliyatiga ega. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – mayl, qiziqish; moyillik; sodikdik, tarafdorlik; layoqat, qobillik, qodirlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0