Izohli lug‘at
qochmoq
қочмоқ
Ma’nolari
- Taʼqib, xavf-xatar va shu kabilardan qutulish uchun (odatda, chopib-yugurib) mavjud joyini tashlab joʻnamoq.
- Yashirinish, xavf-xatardan xoli boʻ-lish maqsadida oʻz (turgan) joyi, makoni-ni yashirincha tark etmoq, boshqa yerlardan joy-makon qilmoq, boshqa yerlarga ketmoq, oʻzga yerlarda boʻlmoq, yurmoq.
- Biror nuqtadan (joydan) nari yoʻ-nalmoq, siljimoq.
- Oraliq joy paydo boʻlmoq yoki ochiq oraligʻi uzaymoq (yonma-yon, qator joy-lashgan narsalar haqida).
- Oʻzini chetga olmoq, daxl qilmaslik; chetlanmoq; ajralmoq; saqlanmoq.
- Tiyilmoq, saqlanmoq.
- Urishish, olishishda yengilmoq (aso-san, hayvon, parrandadar haqida).
- etn. Begona erkakdan yuzini ber-kitmoq, yashirinmoq (xotin-qizlar haqi-da).
- Yoʻqolmoq, yoʻq boʻlmoq, ketmoq.
- Uchi ichkari tortilib yoʻqolmoq (lippadan, parda, qop ogʻzi va shu kabilarning teshigidan oʻtkazilgan ip, bogʻ va sh. k. haqi-da). Bogʻi (ipi)
- (kel. zam. shaklida — qochmas yoki qochmaydi) Oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz yoki soʻz birikmasi anglatgan narsaning oʻrni (vaq-ti) bilan amalga oshishini, yoʻq boʻlmas-ligini bildiradi.
- Aravani quruq olib qochmoq q. arava. Goʻshti qochgan Oriq, orikdagan.
Misollar
- Boʻrilar oʻrmonga qarab qochdi. Ot boʻshalib qochib ketibdi. Koʻpchilikdan quyon qochib qutul-mas. — Maqol. m
- Majlis oʻtkazsak, bolalar qochib ketmasin, deb eshik oldiga qorovul qoʻygudek boʻlamiz. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Koʻchada yugur-yugur, shovqin, itlar vangillagan, tovuqlar qiyqillab qochgan. — A. Qahhor — Bashorat.
- Fashistlar dastlab sa-rosimaga tushdi-da, soʻng birdan tiraqaylab qochdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Asrorqul oʻshan-dan beri qishloqma-qishloq qochib yurar ekan, — A. Qahhor — Asror bobo.
- Hech boʻlmasa, jonni saqla endi san, Bir yoʻl topib qoch-moq kerak bu eldan. — H. Olimjon.
- Nega uy-dan qochding? — "Yoshlik".
- Markazdan qochuvchi nerv-lar. n
- Boshi gir-gir aylanar, devorlar undan qochayotgandek edi. — "Yoshlik".
- Pol taxtalari bir-biridan qochibdi. Tishlari bir-biridan qochibdi.
- Ish ish-taha ochar, dangasa ishdan qochar. — Maqol. m
- Qarang, bu yerda ham ishdan qochganlar to-pilibdi. — X. Toʻxtaboyev — Sirli qalpoqcha.
- Oʻz qoʻli bilan tuproqqa qoʻyishdan qochgan yaramas! — S. Ahmad — Ufq.
- [Otabek] Bunday boʻl-magʻur taklifni eshitmas(lik) uchun oʻzini chetga olib, otasi, ayniqsa, onasiga yoʻli-qishdan qochib yurishga majbur boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Sidiqjon:] Yaxshi xo-tindan odam qochadimi ? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- U falokatdan bilib qoch-gan ekansiz-da, bolaga, oʻz bolasiga mehri shu boʻlsa, undan nima umid qiladi kishi? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Umuman, adabiyot fani oʻqitilganda, siyqalikdan qochish kerak. — Gazetadan.
- Yurakni charchata-digan va zaiflashtiradigan hollarning hammasidan ham qochish kerak. — "Anatomiya".
- Qoʻchqor urishtirdik. Meniki qochdi. shsh Nega qochgan bedanaday, pisib chirqillaysan — ? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Toʻgʻrisi, Soraxon kishidan qochadi. — A. Qahhor — Sarob. [Eʼzozxon]
- Oʻtap bilan qiyo-matli aka-singil tutinib, undan qochmay qoʻydi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Nazirqul.. tuz bergan eshonga astoydil xizmat qildi. Eshon aya undan qochmaydigan boʻlib qoldi. — S. Ahmad — Hukm.
- Yer-ning nami qochibdi. Suvi qochgan non. Uning rangi qochdi. n
- Hasrat, alam, kudurat bu-tunlay qochgan. — Gʻayratiy. Xonadan fayz qo-chib, birdan xarobaga aylandi. F. Musajo-nov, Himmat.
- Elmurod shunday oʻylar seli-da gʻarq boʻlib, uyqusi qochdi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
- qochib ketgan xalta ogʻzini boʻgʻib ushlamoq.
- Ziyofat qochmas (qoch-maydi), avval ishlarni bir yoqlik qilib olaylik. n
- Choy qochmas.. Xayr, esingdan chiq-masin.. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Paxtani terib olaylik, dam olish boʻlsa qochmas. — N. Safarov — Hayot maktabi.
- Zuxra hali yosh, erga te-gish qochmaydi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Hojiya xola goʻshti qochgan kafti bilan.. Svetlananing peshonasini siladi. — V. Gʻofurov — Vafodor. Kayfi qochmoq ayn. kayfi uchmoq q. kayf. Koʻzdan qochmoq Eʼtibordan chetda qolmoq.
- [Zokir ota:\ Men sizga aytsam, katta koʻr-maganni kichik koʻradi, kichik koʻrmaganni katta koʻradi, ikkalasi birlashib qarasa, hech narsa koʻzdan qochmaydi, deydi xalq. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Mazasi qoch-moq 1) ayn. tobi qochmoq q. tob.
- Mening sal mazam qochib turibdi. — Gʻayratiy — Unutilmas kunlar; 2) yomon, salbiy tomonga oʻzgarmoq.
- Daromadning mazasi qochdi. n
- Dalada ish-ning mazasi qochdi. — S. Ahmad — Hukm. Olib qochmoq Ortiq mubolagʻa qilmoq, ogʻzini koʻpirtirib, oshirib gapirmoq, safsata sotmoq. Orada ran qochmoq ayn. (orada) ran oʻtmoq q. ran. Ogʻzining tanobi qochmoq q. ogʻiz. Safar qochdi q. safar II. Tobi qochmoq q. tob. Xayol (yoki oʻy) olib qochdi Xayol (oʻy) har tomonga olib ketdi.
- Qimmat xolani xayoli olib qochdi: -Oʻzim oʻylaganim kelib chiqdi.. Saodat shunday dangʻillama uyda bir oʻzi turarmishmi — ? N. Safarov, Saodatning qis-sasi.
- Bir oʻy olib qochmasin, zanjir hal-qalaridek bir-biriga ulanib, chiqib kela-veradi. — T. Ashurov — Oq ot. Oʻzini olib qoch-moq ayn. oʻzini chetga olmoq q. chet.
- Kulib turib, qizlarga yarashib tushgan bir uyat-chanlik bilan oʻzini olib qochmoqchi boʻldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Qochib ketmagan yoki qochib ketibdimi Orasi yaqin, uzoq emas.
- Ohangaron qochib ketmagan boʻlsa ham, borish-ga imkoniyat topa olmayapti. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Qoʻshariq qochib ketibdimi, qosh qorayguncha yetib olaman.. — S. Zunnunova — Gulxan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0