Izohli lug‘at
qolip
қолип
Ma’nolari
- Tikiladigan poyabzalning ichiga qoʻyiladigan va uning katta-kichikligini, shaklini belgilaydigan moslama.
- Amaliy sanʼatda: bezak naqshni qoʻyib (tortib), bosib yasash uchun ishlatiladigan maxsus shakldagi moslama; andaza.
- maxs. Quyma detal yoki mahsulotga shakl beradigan moslama.
- Andaza, shablon.
- Had, chegara, meʼyor.
- Gʻisht qolip(i)dan koʻchdi
Misollar
- Yogʻoch qolip. Qirqinchi qolip. Etikni qolipga tortmoq.
- Uning.. katta boshida xuddi qolipga tortilgan mahsiday tarang turgan chust doʻppisi ham bor edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- G'isht qolipi. Sovun qolipi. Qozon qolipi. Qolipga detal quymoq.
- Ayvonda sovunlarning qolipiday qotib qolgan oʻrtoq Mehmonov bu soʻzlarni eshitar ekan, qoʻlini paxsa qilib, xotiniga oʻkira ketdi. — S. Abdulla — Obroʻyim toʻkiladi.
- Bir qolipdagi gap. Bir qolipda qurilgan imoratlar.
- Ochigʻini aytsam, ularni bir qolipda ishlashdan chekinishga majbur qilishgacha borib yetdik. — Gazetadan.
- Sinfda bordir bir xil Erkatoy, haddan oshgan, Shoʻxligi suyuqlashib, Qolipdan oshib-toshgan. — H. Nazir.
- Odam taqdirini hal qilish uchun sizning qolipdan chiqqan savolingiz torlik qiladi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
Kelib chiqishi
[ arab. - andaza; qolip; quy-ma shakl ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0