Izohli lug‘at
qon
қон
Ma’nolari
- Organizmning yurak va qon tomirlardan iborat yopiq sistema ichida toʻxtovsiz harakatlanib turuvchi suyuq toʻ-qimasi (aʼzo va hujayralarni oziqlan-tiradigan, modda almashinishini taʼmin-laydigan qizil suyukdik).
- Qon aylanishi Qonning qon tomirlari sistemasida harakatlanishi: odam orga-nizmi bilan tashqi mu\it oʻrtasida modda almashinuvini taʼminlaydi; bu tufayli hujayralarga kislorod va oziq moddalar yetkazib beriladi, moddalar almashinuvida hosil boʻlgan chiqindi moddalar olib ke-tiladi. Qon bosimi Tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan tazyiqi: yurak ishi va tomir devorining qarshiligi tufayli yuzaga keladi. Qon ivishi Qonning suyuq holatdan laxtaga aylanishi — organizmning qon yoʻqotishga toʻsqinlik qiladigan fiziologik himoya reaksiyasi. Qon chiqarish 1) davo maqsadida qon to-mirlaridan (koʻpincha venadan) teshib yoki tilib qon oqizish; 2) jonliqsoʻyib, ehson, xudoy i qilmoq.
- Tugʻishganlik, qarindosh-av-lodlik ramzi sifatida.
- Narsalarning yashash, harakat-lanish ramzi sifatida; "joni", "yuragi"; qon tomiri.
- Shaxsga xos hissiyot, his-tuygʻu.
- , Bir qoshiq qonidan kechmoq (yoki oʻtmoq) Gunohini kechirib, oʻlimdan qoldirmoq, afv etmoq. n
Misollar
- Arteriya qoni. Vena qoni. Qon aylanishi. Qon bosimi. Qon ketishi (oqishi). Qon tomirlari. m
- Yara koʻkrakda, yurakka yaqin: undan quyuq qon hazi ham siljib turar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ota-bobosi sanʼ-atkor oʻtgan-da, qonida bor. "Yoshlik"
- Ular "Oʻzimning qonim, qoʻynidan toʻkilsa qoʻn-jiga, begona boʻlmasin" qabilida ish tu-tadshzar. — Gazetadan.
- Neft motorlarning qonidir, Neft mamlakatning shonidir. — Yo. Mirzo.
- Nutq insoniy madaniyatning qon tomiri, asosi va oʻzagidir. — "Saodat".
- Qandaydir bir parivashning olovli jozi-basi, husn-malohati uning erkaklik qoni-ga choʻgʻ tashlab yuborgan edi. — K. Yashin — Hamza.
- Jayronning shamoldek yengil irgʻishlab qochi-shi beixtiyor koʻzni oʻynatib, odamda ovchi-lik qonini koʻpirtiradi. — M. Mansurov — Yombi.
- -Bir qoshiq qonimdan kechsan-giz, ayturman. -Kechdim, aytingiz.. — P. Qo-dirov — Yulduzli tunlar.
- Kechiring, xoqonim, yoʻldan ozgan bandamiz, bir qoshiq qonim-dan oʻting. — U. Ismoilov — Saylanma. Bagʻri (yoki dili, jigari, yuragi) qon Qattiq gʻam-qaygʻuli, gʻam-qaygʻu bilan ezilgan.
- Ey dunyo-yi bevafo!.. Qahringdan hammaning bagʻri qon, koʻngli parishon.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gʻulomjon ham suvga tashna jon, ham yor hajrida dili qon edi. — M. Ismoiliy — Far-gona t. o. Kindik qoni toʻkilgan yer (yoki joy, tuproq q, kindik I 2. Koʻziga qon toʻlmoq Qattiq jahli, gʻazabi qoʻzgʻamoq; shunday holatda boʻlmoq.
- Yana, jazo otryadining koʻzi-ga qon toʻlib turgan paytda bir kor-hol boʻlmasin deyman. — K. Yashin — Hamza.
- Dodxoh-ning.. moʻylovlari uchdi, qovoqlari badtar tushdi, koʻzlariga qon toʻldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Rangida (yoki yuzida) qoni yoʻq Rang-tusi oʻchgan.
- Uning rangida qon yoʻq edi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Kampir uning boshini koʻtardi. Cholning yuzida qon yoʻq edi. — A. Muxtor — Opa-singillar. Yuzidan qon tomadi Sogʻlom, yuzlari qip-qizil kishilarga nisbatan aytiladigan ibora. Qon boʻlmoq Juda diqqati oshmoq.
- Yotaverib, juda qon boʻlib ketdim, kechki havoda birpas aylanay, degan edim. — S. Ahmad — Hukm. Qon yigʻlamoq Qattiq, ezilib-kuyib yigʻlamoq, qattiq azobli holatda yigʻlamoq.
- ..uning koʻzlariga koʻzi tushishi bilan, xolaning ogʻir yurak yarasi yangilanar, qon yigʻlagan qaygʻuli kuni yodiga tushar edi. — A. Muxtor — Opa-singillar. Qon toʻkmoq Qurbon beriladigan urush, jang qilmoq; shu yoʻl bilan kishi(lar)ni qurbon qilmoq.
- Otabek va yoʻldoshlarining qonlari toʻkilmasin, deb bu gaplarni ichimga yutib yurdim. — A. Qodiriy — Utgan kunlar.
- Vatan uchun qon toʻkamiz, qon toʻkamiz, qon. — H. Olimjon. Qon chiqarmoq din. etn. Jonliqsoʻyib, xudoyi qilmoq. Qon yutmoq Qattiq qaygʻu-azobda qolmoq; bagʻri qon boʻlmoq.
- Kecha-kunduz bunda figʻon etaman, Shoh qizi, deb bunda qonlar yutaman. — "Bahrom va Gulandom". Qon ( yoki qon-qora) qaqshamoq Zor-zor yigʻlamoq, qaqshab yigʻlamoq; juda qaq-shamoq.
- Kimlar uchun oʻz yor-birodarlaringni qon qaqshatasizlar? — A. Qahhor — Asarlar.
- Bozor qoʻylarni topolmasligiga ishongandan keyin .. boshiga tuproqlar sochar va qon-qora qaqshab yigʻlardi, — S. Ayniy — Doxunda. Qon qilmoq Juda diqqatni oshirmoq; xunob qilmoq.
- Bir balo desangiz-chi! Qon qilib yubordingiz-ku! Oʻ. — Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- Oyimni Farida qon qilayotgandir, qornim och deb. — R. Rahmon — Mehr koʻzda. Qoni qayna-moq Gʻazabi qoʻzgʻamoq, jahli chiqmoq.
- Uning behayo qarashidan niyati yomon ekanini bil-di-yu, Yodgorning qoni qaynab ketdi. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Qoni qochmoq Rangi oʻchmoq; qizilligi yoʻqolmoq.
- Boya qoni qochib, koʻkish boʻlib qolgan qoracha yuzi endi qonga toʻlib, birdan jigarrang tuye oldi. — P. Qodirov — Uch ildiz. Qoni qoʻshilmoq (boʻlish-siz shaklda) El boʻlmoq, elakishib, qoʻshi-lib ketmoq.
- Ergashni boshqa boʻlinmaga oʻt-kazish kerak.. Hech bizga qoni qoʻshilmadi-qoʻshilmadi-da. — H. Gʻulom — Mashʼal. Qoniga (yoki qon-qoniga) singmoq Juda ham xos boʻlgan xususiyatga, odatga aylanmoq.
- Temur sarbozlaridek qilich chopish.. yengish, katta oʻljalar bilan qaytish Xurosonu Moyearo-unnahrlik sarbozlarning qon-qoniga singib ketgan. — Mirmuhsin — Meʼmor. Qonigatashna qilmoq (yoki etmoq) Juda ham bezor qilmoq, jondan toʻydirmoq.
- Xoloxunboy bu holdan oladi nashʼa, Etib mehnat ax^shni qoniga tashna. — Gʻayratiy. Qonini soʻrmoq Maj-burlab, ezib, kuchidan foydalanmoq.
- Mening bu yerga kelishdan maqeadim mehnatkash-larning qonini soʻrib kelgan mushtumzoʻrlar-ni tag-tomiri bshshn tugatishda s iz ogʻa-inilarimga yordam berishdir. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0