Izohli lug‘at
qora
қора
Ma’nolari
- Rang-tusi mavjud ranglarning barchasidan toʻq; qozonkuya, koʻmir tusidagi; oq.
- Shu tusga moyil toʻq rangli; qoramtir.
- Is, qurum bosgan, qoraygan yoki oqlanmagan, pardozlanmagan.
- Qorongʻi; nursiz, ziyosiz; yorugʻ.
- Shaxmat, shashka kabi oʻyinlarda oqqa zid donalar va shu donalar bilan oʻynovchi tomon.
- Qora yoki qoraga moyil narsa (kiyim, mato ).
- Biror narsaning uzoqdan yoki qorongʻidan koʻzga tashlanuvchi aksi, ifodasi; sharpa.
- Moʻljalga olingan yoki olinadigan narsa, nishon; moʻljal.
- Umuman, salbiy belgini, salbiy belgiga egalikni bildiradi; yomon.
- Notoʻgʻri, yomon, yaramas narsa, ish.
- Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ular anglatgan narsaga xos belgi-holatning kuchli darajasini bildiradi.
- Maʼlum miqdordagi yaxlit summa.
- Qora (erkaklar ismi).
Misollar
- Qora qozon.
- Qora soch.
- Qora koʻz.
- Qora siyoh.
- Moʻttixon.. bugʻdoyrang, qora qosh ayol edi. — Saida Zunnunova — Olov
- Chayla qamishlari allaqachon yonib bitib, yogʻochlarigina qora koʻmir boʻlib, chars-chars qilib tutab yotardi. — N. Fozilov — Diydor
- Qora non.
- Qora gilos.
- Qora tuproq.
- Qora bulut.
- Nimqorongʻida ruxsoridagi noʻxatdek qora xolini aniq koʻrdi. — S. Karomatov — Oltin qum
- Qorani qora demanglar, Qoraning ori keladi. Qora mayiz yeganda, Qandday shirin keladi. — "Qoʻshiqlar"
- Mulla Obid boʻlsa, aftiga qora balchiq sachratib, oʻzining mashhur ketmoni bilan ish koʻradi. — Abdulla Qodiriy — Obid ketmon
- Qora uy.
- Dolonning oʻng tarafidagi kichik qora hujrada Polvonning ota-onasi va bobolari umr kechirgan. — Jumaniyoz Sharipov — Xorazm
- Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini oʻzining qora quchogʻiga olgan qorongʻi bir tun edi.. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Demak, yuzimning bir tomoni kundek yorugʻ-u, bir tomoni tundek qora ekan. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati
- Uch qadrdon, uch opa-singil Zulmat quchgan qora oʻrmonda. — Xurshid Davron — Qaqnus
- Qora bilan oʻynamoq.
- Qoralar yutdi.
- Bayroqlarga qora tutmoq (taqmoq), Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar.. — Maqol
- Keng qishloqni partizanning Motami qoplab oldi: Qora taqdi har bilak. — A. Umariy
- Oppoq qorda odamlarning qorasi yelib-yugurardi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Mashina yorugʻidan ham talvasaga tushib, oldinda chopib borayotgan jayran qorasiga koʻzi tushib, yuragi hapriqibketdi. — M. Mansurov — Yombi
- Koʻp oʻtmay havo burchida azamat havo laynerining qorasi koʻrindi. — Said Ahmad — Jimjitlik
- Qoraga olmoq.
- Birinchi otgan yoy qoradan bir quloch yuqori ketdi. — "Latifalar"
- Mergan boʻlsang, oʻshal ogʻochni qoraga olib otgʻil. — Mirkarim Osim — Oʻtror
- Qora niyat.
- Qora kuchlar.
- Kechirasiz, men shiringina bazmingizni qora xabar bilan muzlatib qoʻydim. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
- Paranji qursin, meni shunday qora kunlarga soldi. — Hamza — Paranji sirlari
- Kalladan qora xayollarni quvish kerak, tushkunlik - eng yomon dushman. — F. Musajonov — Himmat
- Shu gap bilan boshqalar Qoldi yer chizib. Qora, shum tilaklari Har yonni kezib. — Gʻayratiy
- Aroqning oʻzi oq, qilmishi - qora. — "Qanotli soʻzlar"
- Gulnor endi tap tortmadi. Sof nomusiga otilgan qorani butunlay yuvib tashlashga jazm qildi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Akangizga qora yuqtirmaslik uchun Oʻktamni ham oqlayapsizmi endi? — Saida Zunnunova — Koʻzlar
- Qora sovuq.
- Qora qon yigʻlatmoq.
- Qora qishda toʻy qilmay, Battar boʻlgur nokas gov.. — Abdulla Oripov — Yillar armoni
- Nima qiladi oʻzini qora qiynoqqa solib?! — Asqad Muxtor — Tugʻilish
- Shundan keyin.. terlab-pishib, qora terga tushib ketdi. — M. Mansurov — Yombi
- Bir qora choʻzsak, kifoya deb oʻylayman, ozmi, ming soʻlkavoy. — Oybek — Ulugʻ yoʻlIchi (yoki Dili, Koʻngli, Yuragi) qora - oʻzganing muvaffaqiyatini koʻrolmaydigan; yaxshilik, muvaffaqiyat tilamaydigan.
- Dili qoraning qilmishi - qiyiqlik. — Maqol
- E-e-e, bu ham boylar singari oʻz nafsini oʻylaydigan, ichi qora odam ekan-da! — H. Tursunqulov — Hayotim qissasiYuzi (yoki Beti) qora - yuz I.Qora yer boʻlmoq - oʻlmoq, yerga kirmoq.
- Kimsanoy u yoqda, kuyov boʻlmay qora yer boʻlgur na oʻligini koʻrsatadi, na tirigini. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariQora kiymoq - aza, motam libosini kiymoq (qora, koʻk kabi qora va qoraga moyil kiyim haqida).
- Yusufbek hoji xatmi qurʼon qilib, yurtga osh berdi. Oʻzbek oyim qora kiyib, taʼziya ochdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarQora kursi (yoki stul) - kursi.
- Qora kursiga oʻtirayotgan jinoyatchiga oʻxshab qolganidan, yuzlari lovullab ketdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Unda [suratda] qora stulda hukm qilingan gunohkorlar oʻtirardi. — GazetadanQora mehnat (yoki ish) - mahorat, malaka talab etmaydigan, oddiy, hatto maʼlum darajada iflosligi boʻlgan mehnat, ish.
- Manglayimizga bitilgani shu qora mehnat ekan, netamiz. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- ..oʻquv haqi jamgʻarish uchun har qanday ogʻir, qora mehnatdan hazar qilmadim. — Oybek — Nur qidirib
- -Tortinma, Komiljon, - dedi u jiddiy, - qora ishga ham tayyorman. — Ibrohim Rahim — IxlosQora tortmoq - 1) yordam, himoya umidida boʻlmoq; oʻziniki (yaqin) bilmoq; orqa qilmoq.
- Men sizni qora tortib keldim, Oʻrmonjon aka. Sizdan boshqa hech kimga gapira olmayman. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Keyin bobomizni qora tortib, bu yerga keldik, xotinliyam boʻldik. — "Yoshlik" 2) bir obʼyektni moʻljal qilib olmoq, ish-harakatning boisi deb bilmoq.
- Gʻayrati ichiga sigʻmagan jon borki, bari qishloq biqinidagi tepalikni qora tortgan. — N. Norqobilov — Bekatdagi oq uychaQora xalq (yoki odam) - madaniyat, maʼrifat, bilim kabilarga ega emas; omi, tushunmagan.
- Qora xalqda tobelik, ikrom, andisha qolurmi.. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
- Qora xalq uni qarsaklar bilan olqishladi. — Komil Yashin — Hamza
- Ogʻayni, men qora odamman. Zargar Yodgorbek boshimni aylantirgan ekan. — N. Safarov — Sharq tongiQora chaqam yoʻq - sariq chaqam yoʻq chaqa I.
- Ammo yonida qora chaqasi yoʻq odamga bu [sakkiz yuz soʻm] - jahannamning qilkoʻprigiday mudhish narsa. — Oybek — Tanlangan asarlarQora qilmoq - 1) qora tortmoq.
- Qarindoshlarini qora qilib, bu yerlarga kelib qolgan. 2) qoralamoq 4.
- Ular ot izini kora qilib, boʻri uchragan tepalikka borishdi.. — Samar Nurov — Narvon
- Ular ertalab oʻtgan qoʻy suruvlarining izini qora qilib.. tepaliklar osha yurishdi. — A. Hasanov — ChiroqlarQorasi oʻchmoq - koʻrinmay ketmoq, yoʻq boʻlmoq.
- Poyezdning qorasi oʻchguncha moʻltirab qarab turdim, keyin yigʻlab-yigʻlab, izimga qaytdim. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikQorasini koʻrsatmoq - koʻrinish bermoq.
- Polvon bolam-ku, qorasini koʻrsatmay, suvga tushgandek gʻoyib boʻldi. — Said Ahmad — UfqQorasini olmoq - qorasini ilgʻamoq, koʻrmoq.
- Kunning oʻzi peshin vaqti boʻlganda, Poygachilar qorasini oladi. — "Alpomish"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0