Izohli lug‘at
qormoq
қормоқ
Ma’nolari
- Suyuq yoki mayda zarrali sochiluvchan narsalarni bir-biriga aralashtirmoq, qorishtirmoq.
- Obdan aralashtirib yetiltirmoq, iy-lamoq, pishitmoq (shu yoʻl bilan oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz anglatgan narsani tay-yorlashni bildiradi).
- Bulgʻamoq, belamoq, qorishtirmoq.
- Botirmoq, koʻmmoq; giriftor qilmoq.
Misollar
- Tolqonni shakar bilan qormoq. Qatiqqa shakar qorib ichmoq.
- Qoʻy suti, qoʻy moyiga Upadek unni qorib.. — Q. Muhammadiy
- Loy qormoq. Beton qormoq. n
- Kun chiqmasdan un eladim, xamir qordim.. — Oybek — Tanlangan asarlar. Yormat xoʻjayinning sigir-buzoqlariga tert qo-rish bilan band boʻlgan xotinining oldida toʻxtadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Loy-ga qormoq. n
- Sel gʻoʻzalarimizni.. meh-natimizni ham tuproqqa qorib oldi-ket-di-yu, ammo yurak qoʻrimizni, vijdonimizni oqizib ketgani yoʻq. — Y. Sham sharov — Koʻrk meʼmorlari.
- Oʻzingni balchiqqa qorib, yigʻlab-yolvorib, dehqonning ogʻzidagini, kosibning boʻgʻzidagini umid etishga or qilmaysanmi, Matpano? — S. Siyoyev — Avaz.
- Choʻponni sevolmadim, Hech koʻngil qoʻyolmadim. Gʻurbatga qorganimning, Devga yuborganimning Sababi shunda edi. — H. Olim-jon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0