Izohli lug‘at
qorovul
қоровул
Ma’nolari
- Biror obʼyektni qoʻriqlovchi qurolli shaxs, shaxslar guruhi; posbon, soqchi.
- Biror obʼyektga ziyon-zahmat yetkaz-maslik, unda tartib-intizom va shu kabilarni saqlash uchun, qoʻriqlash uchun qoʻyiladigan shaxs; qoʻriqchi.
- Kuzatib, ogoh boʻlib turuvchi.
- harb. Biror obʼyektni saqlash, muho-faza qilish vazifasi yuklatilgan harbiy boʻlinma.
- Nishonga olish uchun miltiq, pistolet kabi qurollarning stvoli uchiga oʻrnatil-gan boʻrtiqcha; mushak.
Misollar
- Oʻrda qorovuli.
- Podshoning Buxoroga kelishi munosabati bilan koʻchalar tozalangan, qorovulu yasovullar yoʻllarga tinmay suv sepishardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ark qorovullari kiyimlarini yechib, koʻrpalariga choʻzildilar. — S. Ayniy — Doxunda.
- Oʻrmon qorovuli. Bogʻ qorovu-li. Koʻcha qorovuli. sht
- ToshMI darvozasi oldida qorovul ularni toʻxtatdi. — Oʻ. Umar-bekov — Yoz yomgʻiri.
- Mozorni qirtishlab to-zaladi. Goʻriston qorovuliga pul berib, qurʼ-on tilovat qildirdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Umrzoq koʻprikning narigi chetida qorovul boʻlib turish uchun ketdi.. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Lekin ellikboshi Yoʻlchining iziga qorovul tushirganligidan xabardor boʻlgan.. Krratoy Yoʻlchining tadbirlarini maʼqul koʻrmadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Garnizon qorovuli. m
- Qoq yarim kechada qorovullar trevoga koʻtarishdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Ahmadjon shoshmasdan miltigʻini oʻngladi. Uzoqdan dumsiz kalta-kesakka oʻxshab koʻringan fashistni qorovul-ga qoʻndirib, tepkini bosdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0