Izohli lug‘at
qotmoq
қотмоқ
Ma’nolari
- Nami, suvi qochib, qattiq holga kelmoq, qattiq boʻlmoq; zid. yumshamoq.
- Qimirlash, harakatlanish xususiyati-ni yoʻqotmok (tana aʼzolari haqida).
- Qoʻrquv, hayrat va b. sabab bilan harakatini toʻxtatib, qimir etmagan holda boʻlmoq.
- Harakatsiz, rivojlanishsiz holda boʻlmoq.
- Qattiqsovqotmoq, toʻngmoq, muzlamoq.
- Pishiqmoq, chiniqmoq.
- Toʻxtovsiz, qattiq kulmoq yoki yigʻlamoq.
- Qattiq uyquga ketmoq; dong qotmoq.
- Aralashtirmoq, qorishtirmoq, qor-moq.
- Juda ozmoq, oriqlamoq.
- Beti qotmoq q. bet.
- xil alamzadalarni koʻraverib, diydasi qo-tib ketgan sobiq militsioner Sayramov: -Endi koʻp ham oʻylamang, Bashirjon uka, — dedi. N. Aminov, Qahqaha. Dong qotmoq q. dong II. Suyagi qotmoq (yoki qotgan) 1) suyagi pishiq (qattiq) holga kelmoq; oʻzini tuta oladigan boʻlmoq.
Misollar
- Alebastr tez qotadi. Yelim qurib, qotib qolibdi. Qotgan non. Xamir toshdek qotib-di. n
- Ular oʻz qadamlarining tarashaday qotgan yer bilan urishib taraqlashidan boʻ-lak sharpa eshitmasdilar. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- -Xizmat haqini allaqachon olganmiz, — dedi kurakchasidagi qotib qolgan loyni tozalarkan. — N. Aminov — Suvarak.
- Garda-ni qotmoq. n
- Ertalabki gimnastika shal-payish va qotib qolganlikni yoʻqotadi, qon aylanishini tezlashtiradi.. — Gazetadan.
- Kela-kelguncha mashinada oʻtiraverib, beli qotib ketgan Hojimurod u yoq-bu yoqqa yurib, chi-gilini yozmoqchi boʻldi. — S. Ahmad — Jimjit-lik.
- U na yurishini, na yurmasini bilmay, joyida tek qotdi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Saratonda muallaq qotgan havo gʻubori shabnam bilan yana oʻz onasi — tuproq ogʻushi-ga ohista choʻkdi. — "Saodat".
- Oxund bilan qori boshlari yerga tekkudek boʻlib, taʼzimda qotgan edilar. — S. Siyoyev — Avaz.
- Adabiyot qotib qolgan narsa emas. hi
- U eski, suniy yoʻldan yurgan, sheʼrda qotib qolgan, hozirgi hayot maʼnosini tu-shunmaydigan.. qalbaki shoirlarga qamchin sola boshladi. — Oybek — Hyp qidirib.
- Bu dom-la [Salimxon Obidiy] qotib qolgan odam., professor unvonini oʻsha vaqtda olib qol-di-yu, yigirma yildan buyon hech nima qilga-ni yoʻq. — Mirmuhsin — Umid.
- Sovuqdan bolaning oyoq-qoʻli qotib ketibdi. m
- Qotib oʻlasanmi, haromi, isinmasang nima qshshdi? — Oydin — Hazil emish.
- Uning tani quyoshda qoraydi, muskullari qotdi.
- Uning gapiga rosa qotdik. Bola qotib-qotib yigʻlar edi. shsh Aleksey va Elmurod uning hikoyasini huzur qilib ting-lab, kula-kula qotdilar. — P. Tursun — Oʻqituv-chi.
- Bobom kulgidan qotib qoladi. — Oybek — Bolalik.
- ..bizning qism komandiri mehmondorchilik-dan sahar paytida kelib, qotib qolgan ekan. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Borib kirsam maydonga, Achchigʻim tar-qatsam, deb. Dushmanlarning qonini Boʻz tuproqqa qotsam, deb. — "Ravshan".
- Bolam be-chorani tinch qoʻyasanmi, yoʻqmi? Yegan-ichgani tatimay, kundan-kunga turnadek qotib ketyapti oʻzi. — O. Husanov — Nay.
- Soʻkaversang, beti qotar, Uraversang, eti qotar. — Maqol. Boshi (yoki miyasi) qotmoq q. bosh. Gap (yoki soʻz) qotmoq q. ran. Diydasi qotmoq q. diyda. Bu
- Suyagi qotmagan bola; — 2) shaxsning shu soʻz bogʻlanib kelgan soʻz anglatgan ish — kasb va sh.k. bilan pishib yetishganligini, katta malakaga egaligini bildiradi.
- Suyagi paxtachilikda qotgan. n
- Tolib aka suyagi jurnalda qotgan tajribali xodim. — F. Musajonov — Himmat.
- Suyagi savdogarchilik-da qotgan boy, oltmishlardan oshganiga qa-ramay, yigitlarga oʻxshab ketadigan qiyofa-si bor edi. — "Yoshlik". Teri qotmoq Terlash-dan toʻxtamoq va mavjud terlari qurimoq.
- Zulfiqor badanidagi terlar qotishi bilan yana toʻnkani yumalata boshladi.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Uning peshonasidagi reza-reza terlar hali qotganicha yoʻq. — Gazetadan. Tili qotgan Tili gapga kelmaydigan, aylan-maydigan boʻlib qolgan.
- "Odamning yoshioʻtib, tili qotib qolgandan keyin oʻqiy olmaydi", degan gapga ishonib yurar edik.. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Tun qotmoqTun boʻyi uxlamaslik, uxlamay tong ottirmoq.
- Gapi ado boʻlmaydi-gan baloga yoʻliqdik, oʻzimiz tun qotib, yoʻl yurib kelibedik. — "Alpomish". Ensasi qotmoq q. ensa. Harom qotmoq ayn. harom oʻlmoq q. harom.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0