Izohli lug‘at
qozilik
қозилик
Ma’nolari
- Qoziga xos ish, vazifa, lavozim. Qurbonniyoz togʻam, qozi Abdulvo-hid qoziligini tashlab ketgandan keyin, mulozimlikni tark qilib, paxtakashlikka kirishgan. S. Ayniy, Esdaliklar.
- Oraga tushib, kimsalar oʻrtasidagi janjalni bartaraf qilish; hakamlik.
- Qozilik qilmoq Qozilikka xos ish-vazifani ado etmoq.
Misollar
- Stu-dentlar ongli odamlar boʻlgani uchun, dehqon-lar ularga ishonar.. janjalli masalalar chiqib qolganida, qozilikka chaqirishar edi. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi.
- Afandi qozilik qilib turganda, undan birov: -Afandi, sizning qan-cha doʻstingiz bor? — deb soʻrabdi. — "Sharq yul-duzi".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0