Izohli lug‘at
quchmoq
қучмоқ
Ma’nolari
- Quchogʻiga olmoq; quchokda-moq.
- Oʻrab, qamrab olmoq; qoplamoq, chulgʻamoq.
- Erishmoq, qozonmoq.
- Yer(ni) quchmoq 1) yerga yiqilmoq, yerga qapishib qolmoq.
Misollar
- Oyxon chaqqon borib, uning belidan quch-di.. — A. Muxtor — Kumush tola.
- Roʻparasida oʻn besh kunlik oydek boʻlib sevgilisi tursa-yu, uni qucha olmasa. — T. Ashurov — Oq ot.
- Yashiray deb koʻzda yoshini, Quchib oldi qizning boshini. — E. Rahim.
- Uch qadrdon, shoʻx opa-singil Zul-mat quchgan qora oʻrmonda.. — X. Davron — Qaq-nus.
- Oh, u damlar!.. Eslasam, qalbimni qu-vonch, ruhimni shodlik quchadi. — M. Jabborov — Sevinch ishlari.
- Qanot yozgan izgʻiriq Quchar yupun tanlarni. — Gʻayratiy.
- Gʻalaba quchmoq. n
- Paxtakor diyorimiz katta zafar quchdi. Ulkan "oq oltin" karvoni marraga yetdi. — A. Dadaboyev — Qutlaymiz.
- Yillarki, shon quchgan har bir lahzasi, Har biri asrdan vazmin, mazmundor. — E. Rahim.
- Vahimaga tushgan general xanjarini ishga solmoqchi boʻlganida, Mar-donbek kekirdagiga shunday musht tushir-diki, toʻtiburun yer quchib qoldi. S. Azimov, Oppoq qoʻshigʻi; 2) yerga bagʻir berib yotib olmoq, Jangchilar bir zumda tarqalib, yerni kuchdilar. Oybek, Quyosh qoraymas; 3) qabr-ga kirmoq, oʻlmoq.
- Yer quchsa-da jismimiz, Oʻchmagaydir ismimiz. — Yo. Mirzo.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0