Izohli lug‘at
qudrat
қудрат
Ma’nolari
- Yuqori darajadagi kuch-quvvat; shunday kuch-quvvatli imkoniyat; qodirlik.
- Umuman, biror narsani amalga oshi-rish imkoniyati; kuch-quvvat, qurb.
- Qodirlik, kuch manbai.
- Allohga xos kuch-imkoniyat; ilohiy qodirlik.
- Qudrat (erkaklar ismi).
Misollar
- Inson qudrati hamma narsadan ustun chiqdi, choʻlda sunʼiy dengiz barpo etdi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari". Shamolning qudra-ti hazshyukam emas. U sahroni ostin-ustun qilib, qumtepalarni uchirib olib yuradi. "Fan va turmush".
- Suyarqul Mamayusufning oldida qiltiriq koʻrinsa ham, oʻnta Mamayni pa-choqlagudek qudrat sezardi hozir oʻzida. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Qani edi, qudrati yetsa-yu, shu toshqin daryodan hovuchlab suv eltsa, tashna giyohlar ildiziga nam, choʻllarga hayot bersa. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Bitta chopon tiktirishga qudratim yetmaydi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Olamga arzi-gulik qudrat shu chanoqdadir.. — Gazetadan.
- Qandaydir bir qudrat uni silkib, oʻziga keltirdi.. — Mirmuhsin — Umid.
- Falonchining kelini toʻrt oyoqli tugʻibdi.. yo qudratingdan oʻrgilay! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Har holda, figʻon-nola yaxshi emas, har banda qudrat qalami bilan yozilganini koʻradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
a. ujjl9 — kuch, quvvat; qo-biliyat, layoqat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0