Izohli lug‘at
quloch
қулоч
Ma’nolari
- Yelka balandligida kerilgan har ikki qoʻlning oʻrta barmoq uchlari ora-sidagi masofa (uzunlik oʻlchovi birligi sifatida).
- Tili bir quloch Hech kim, hech narsadan tap tortmay, andisha qilmay, ogʻziga kel-ganini gapiraveradigan; tili uzun. -Hm, ogʻzaki botirlar, soʻllasinlar! —
- Qulochning ikki qoʻl uchi birlashgan holati; quchoq.
- Oʻlchami keng, katta.
Misollar
- Bir quloch arqon. Uch quloch yogʻoch. yat Hasan soʻfi bu ahvolni koʻrib: -Eh-ha, bu yoq bir quloch past, u yoq bir yarim quloch chamasi baland boʻlsa, toza boʻlgan ekan ishlarimiz! — dedi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- xonning mas-xaraomuz tovushi eshitildi. — Tillaring bir quloch.. — S. Siyoyev — Avaz. Quloch yozmoq (yoki yoy-moq) 1) ikki yoki bir qoʻlini yelka balandligida ochmoq.
- Alvasti qiyofasiga kirgan bir ayol.. qulochlarini yozgan holda koʻchaning chap tomoniga qarab yugura ketdi. — Gʻ. Rasul — Toʻngʻich oʻgʻil.
- Pirnafas aka qulochini yozib, kuchi boricha sanchqini otdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Polvon azamat qulochlarini yoyib, ogʻir kerishdi. J. Sharipov, Xorazm; 2) koʻch-ma keng tarqalmoq, yoyilmoq, avj olmoq, rivojlanmoq.
- Uy-joy qurilishi keng quloch yoydi. m
- ..proza hali keng quloch yozmagan davrlarda uning rolini poeziya bajarib kelgan. — "OʻTA". Daryo, anhor oqsin choʻl sari, Kuloch yozsin dunyo bogʻlari. Q. Muhammadiy.
- ..xalq deputatlarining tashabbusi ham keng quloch yoydi. Gazetadan; 3) asosan rvdsh. shak-lida — quloch yozib ayn. quchoq ochmoq q. quchoq.
- Kolxoz "oblastdan kelgan keksa, tajriba-li oʻqituvchi"ni quloch yozib qarshi oldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Quloch otmok 1) qoʻllarini galma-gal suvdan chiqa-rib va botirib, oldinga harakatlanmoq (su-zishda).
- Mansur., oqimga qarshi quloch otib suzardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol; 2) koʻchma ayn. quloch yozmoq 2.
- Qiz temir qo-ziq bilan zang urdi, ovqatga chorlovchi sado uzoqlarga quloch otdi. — T. Rasulov — Sarbon. Qu-loch tortmoq maxs. Mahsi, etik kabilarning chokini tikishda ikki soʻzanga taqilgan ipni ikki tomonga qulochlab tortmoq.
- [Unsin] Tagiga kichkina kursi qoʻyib, oyoqlariga daz-gil chalmashtirib, epchil quloch tortardi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Quloch urmoq kam qoʻll. ayn. quloch otmoq 1.
- Anhor toʻla qon. Avaz lopillab oqib ketyapti. Quloch urib, sohilga intiladi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Yerga choʻpni tiqib qoʻysang, koʻkarib, qulochga sigʻmas daraxt paydo boʻla-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..uyum-uyum toʻplab, keng qulochiga siqqancha koʻtarib.. tashimoqqa boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U keng yagʻrinli, quloch koʻkrakli, butun dov jus-sasidan quvvat barq urardi. — Oybek — Navoiy.
- Stepan bulgʻori etikning quloch qadam-lariga zoʻrgʻa yetib yurardi. — A. Muxtor — Qora-qalpoq qissasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0