Izohli lug‘at
qum
қум
Ma’nolari
- Bir-biri bilan birlash-maydigan, mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi (asosan quri-lishda va qurilish materiallari ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydala-niladi).
- Qum soat Muayyan miqdordagi qumning bir yopiq idishdan ikkinchisiga tor teshik orqali tushishiga qarab vaqtni oʻlchovchi soat.
- ayn. qumlik.
- sft. Qumga oʻxshash, mayda.
Misollar
- Qumdan qoʻrgʻon boʻlmas. — Maqol.
- tut ..darvoza oldiga toʻkilgan qumda oʻynab oʻtirgan bolakaylarga birpas zavq bilan qaraboʻtirdi. — N. Aminov — Suvarak.
- Qurilish materiallari oyoq ostida toʻkilib, ohak qumga, qum tuproqqa qorishib ketadi. — "Mushtum".
- Oʻrta asrlarda bandli qum soatlar urf edi. — "Fan va turmush".
- Karvonlar qumda adashib, sargardon boʻlmaydilar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bir yigit chirogʻi oʻchirilgan mototsiklini quyunday uchirib, qum ichkarisiga kirib ketdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qum shakar. ti
- Joʻraposhsha boʻynidan qum marvarid marjonini chiqardi-da, ipini shart-shurt uzib, marvaridlarni kigizga toʻkdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0