Izohli lug‘at
qurt
қурт
Ma’nolari
- Uzun tanasini egib-yozib yoki juda koʻp oyoqlari vositasida sudralib yuradigan umurtqasiz mayda jonivor.
- Baʼzi hasharotlar, mayda organizmlar nomi tarkibiga kiradi, masalan,
- Baʼzi hasharotlarning tuxumidan yuzaga keladigan gʻumbak.
- Asosan tut bargi bilan boqiladigan, yetilib pilla oʻraydigan shunday gʻumbak.
- Miyasiga qurt tushmoq Miyasi aynimoq.
Misollar
- Koʻk qurt.
- shilliq qurt, eshak qurt.
- Olma qurti. Koʻsak qurti.
- Mayiz bilan oʻrikni bir oz qurt yegan boʻlsa ham, pok-pokiza urib ketishibdi, azamatlar. — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Qurt boqmoq. Qurt tutmoq. sh" Oʻtgan yil bahorda qurtga barg kesgani tutga chiqdim. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Lekin bularning yuztasini qoʻilib bogʻlasang, bitta sarjin boʻlmaydi. Shunchaki qoʻgʻirchoqlar, dimogʻi shishgan pistafurush bilan miyasiga qurt tushgan gʻoʻzafurush chol... — M. M. Doʻst, Lolazor. Tovoniga (yoki oyogʻiga, paytavasiga) qurt tushmoq Bezovta boʻlib, biror narsa harakatiga tushmoq.
- Oʻzlari yoʻl izlab, tovonlariga qurt tushib qolsin. Ular hali Ortiqning sovuniga kir yuvishmabdi. — M. Mansurov — Yombi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0