Izohli lug‘at
quvmoq
қувмоқ
Ma’nolari
- Yetib yoki tutib olish uchun orqasidan yugurmoq, quvlamoq.
- Biror joy-makondan majburlab ket-kazmoq (joʻnatmoq); haydamoq.
- Mansab, lavozim va shu kabilardan chetlatmoq, boʻshatmoq, haydamoq.
- Yoʻq qilmoq; haydamoq.
- Hayoti, ish-faoliyatida biror yoʻl-yoʻriq, usul va shu kabilarga qattiq amal qilmoq; biror ish-amalni qattiq tutmoq, unga berilmoq.
- koʻchma s.t. Yurib-yelmoq (piyoda yoki ulov bilan).
- Iz quvmoq Izidan taʼqib qilmoq.
Misollar
- Kiyik quv-gan quyonni payqamas. — Maqol.
- Ilon quvsa, yoʻlga qoch, tuya quvsa, oʻrga qoch! — Maqol.
- shsh Quvgan dushmanimni qoʻlga tushirdim. — "Ma-likai ayyor".
- Olmazorga yetganida, kimdir ortidan quvibetdi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Momo qoʻliga kaltak olib, bolalarni quvibdi. — "Ertak-lar". /
- Juman:] Bechora bolalarni issiq in-laridan quvib chiqarganlaring ham yetar, taxtada nima gunoh? Yoqma! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shiddatli shturm natijasi-da dushman mudofaa marralaridan quvib chiqarildi. — N. Safarov — Jangchi shoir.
- Biroq can fursat oʻtmay, hokim toʻra tilmochni ishdan quvdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. — S. Ahmad — Ufq.
- Koʻzga ajibravshashshk baxsh etuvchi yashil koʻkatlar tarovati.. kechadan beri gʻamnok dilini erkalab, koʻksidagi ranju alamni quvgandek boʻlardi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Xaliljon ham akalarining yoʻlini quvdi: maktabda oʻqib turib.. avia-klubga qatnadi. — S. Akbarov — Otaning xayol-lari. -U
- faqat oxiratni deb yashagan, umr boʻyi savob quvgan, — dedi chol. — A. Muqimov — Qopqon.
- Joningda qasding bormi, muncha aroqni quvmasang. — "Mushtum".
- Telpagini yelviratib, Oʻzbak-larni dalviratib, Urganch elga quvib yetdik. — "Yusuf va Ahmad".
- Koʻp yerlarni men axtar-dim ot quvib, Hech koʻrmadim Asad Shodmon qorasin. — "Malikai ayyor".
- Qoʻr-boshilar ichidan qochib, mening orqamdan iz quvib kelgansan.. — Gʻayratiy — Unutilmas kunlar.
- Bolta muallim boshliq yetti-sakkiz chogʻli yigit izlaridan quvib kelar.. — N. Nor-qobilov — Toʻqnashuv. Ketidan (yoki orqasi-dan) quvmoq ayn. kuvmoq 5.
- Mol-dunyo orqa-sidan quvmoq. Foyda ketidan quvmoq. n
- Soxta shuhrat ketidan quvib, aldamchilik bilan shugʻullangan shaxslar qilmishlariga yarasha qattiq jazolanishi lozim. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0