Izohli lug‘at
quvnamoq
қувнамоқ
Ma’nolari
- Xursand, shod kayfiyatda boʻlmoq.
Misollar
- Keng hovlida quvnar besh oʻrtoq. — Oybek — Qizlar. n Atayin oʻynagani, quv-nagani kelgan.. bu kuyov-kelinga iltifot bil-dirmaslik gunohdek tuyuldi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Xush kelibsiz, qadrdonlar, mehmonlar, Quvnab oʻynang, kuling, qizlar, juvonlar. — Habibiy.
Kelib chiqishi
((OʻTEL|I|QUVNA- 'shod-xurram boʻl—'. Keling, bolalar, Bir oʻynaylik! Archa qoʻshigʻin Aytib, quvnaylik (Ilyos Muslim). Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi 'baxt' maʼnosini anglatgan quv otidan eski oʻzbek tilida —a (> -ï) qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlning 'oʻzlik' maʼ-nosini ifodalovchi -n qoʻshimchasi bilan hosil qilin-gan shakliga kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi —a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan; keyinchalik ik — kinchi boʻgʻindagi a (> ï) unlisi talaffuz qilinmay qoʻygan, a unlisi ä unlisiga almashgan: ([quv + a ( > ï) = quva— || quvï-] + n = (quvan— || quvïn-)) + a > = qu-vïna- > quvna— > quvnä—.))
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0