Izohli lug‘at
quyilmoq
қуйилмоқ
Ma’nolari
- Quymoq fl. majh. va oʻzl. n.
- Juda koʻp, kuchli tarzda (oqim tarzida) kelmoq; yogʻilmoq.
- Quyuq holga kelmoq, quyuq tortmoq. Ti-kilgan qozon qaynamas, Qaynasa ham qu-yilmas. Maqol. ■■
- Aql-hushini yigʻib, boʻlar-boʻlmas, yen-giltak xatti-harakatlarga barham bermoq.
Misollar
- Koʻk choy jonon piyolalarga quyildi. Bir kunda ikki ming dona gʻisht quyildi. Bron-zadan haykal quyildi. n
- Togʻ-toshlardan oqib tushgan suvlar koʻpirib oqib, Zaraf-shonga kelib quyiladi. — J. Sharipov — Saodat.
- Jahonning qayerida oʻt chaqnayapti, qayerida ofat-oʻlat odam bolasini qiyratyapti, qayerida zambaraklarga oʻq quyilyapti — hech kimning xayoliga kelmasdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Koʻzlariga jiqqa yosh quyilib keldi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Boʻgʻzidan quyilib chiqayotgan xoʻrsiniq kam-pirning yelkalariga issiq tegardi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- Shamsi Toʻrayevich yaqinlashar-kan, Bashirjonning yuragiga hayajon quyil-di. — N. Aminov — Qahqaha.
- U juda ishtiyoq bilan yozardi, fikrlar ham quyilib kelardi. — Mirmuhsin — Umid.
- Quyilib yotar Qozonda-gi kichirining ochilmay moshi.. — Gʻ. Gʻulom.
- Bir kun esi kirib, quyilib qolar axir! — S. Ahmad — Ufq.
- Qarib quyilmagan bir shil-qim yoshgina qizga muhabbat izhor qilibdi.. — "Yoshlik".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0