ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

quyuq

қуюқ

Ma’nolari

  1. Suyuq qismi, suvi nisbatan oz boʻlgan; quyulgan holatli.
  2. Quyuq kiyom, yash Qilich chopgan chekkadan Quyuk kon sirtga otar. Gʻ. Gʻulom.
  3. Tarkibidagi asosiy modsa nisbatan koʻp.
  4. Toʻq; toʻqqa moyil (rang-tus haqida). Begimxon gʻoʻzadan boshini koʻtarib, kuyuk oʻsmali koshlarini chimirib, bobillab berdi. I. Rahim, Chin muhabbat. Elmurodning yuziga kuyuq qizillik yugurdi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Chaylaning tepasida Temirqoziq yulduzi kuyuk koʻkka boʻyalgan chiroyli kapalakday kapot qokardi. S. Anorboyev, Oqsoy.
  5. Bir-biriga yaqin joylashgan; qalin, zich.
  6. Toʻkin-sochin, moʻl, serob.
  7. Koʻp miqdorda bir yerga toʻplanib, zichlashib, qalin qatlam hosil qilgan, zich, qalin holatli. Quyuk tuman. Kuyuk tutun. n Uy ichini kuyuk qorongʻilik bosdi. Tash-qarida shamol gʻuvullaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
  8. Mazmun, mohiyat jihatidan toʻla darajali (oʻzaro muomala, munosabatdagi xatti-harakat, holat haqida). Kuyuq suhbat. Kuyuk salom-alik. yat Dadamat aka Ahmadni eshikkacha kuzatib chiqdi. Kuyuk xayrlashdi. F. Musajonov, Himmat. Uydan kelgan xat-da ham kuyuk duoi salom. Shuhrat, Shinelli yillar. Vaʼdani kuyuk kilib, baʼzi kassob-lardan bir necha dinor qarzga ham ilindi. Oybek, Navoiy.
  9. Mazmun, diqqat-eʼtibor va sh.k. jihatdan ahamiyatli boʻlgan. U [Hoshimjon] "keyingi soʻzga chiqkanlar, albatta, mening tarafimni oladi", deb oʻylagan edi. Yoʻk, gapning kuyugʻi keyin chiqdi. S. Ahmad, Kadr-don dalalar.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish