Izohli lug‘at
rahm
раҳм
Ma’nolari
- Ayanch yoki mushkul ahvoldagi kimsaga, narsaga nisbatan achinish tuygʻusi va shunday tuygʻu taʼsirida koʻrsatilgan shafqat, marhamat.
- Rahm qilmoq 1) shafqat qilmoq, marhamat qilmoq.
- Rahmi kelmoq Achinish hissi paydo boʻlmoq, achinmoq; ayamoq; yordam bergisi kelmoq.
- Rahmini keltirmoq Kimsada achinish, ayash hissini tugʻdirmoq, paydo qilmoq.
Misollar
- Sizni ogʻzi qon boʻri dedim, chunki sizda rahm yoʻq. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bir kun undan qittay rahm tilagan ayollarimizni qoʻndoq bilan savab baqirdi.. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- [Oyisha begim Boburga:] Samarqand sizga jangsiz darvoza ochmas, endi oʻzingizga rahm qiling. Urushga bormang, oʻtinaman! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sizda odamiyat boʻlsa, bu gʻaribi notavonga rahm qilmaganingizda ham, anovi shoʻrlik bolalarning zoriga rahm qilishingiz kerak edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.; 2) ayamoq, achinmoq.
- Birov zulm qilsa, birov rahm qilar ekan, birov osh bersa, birov non berar ekan. — Oydin — Sadagʻang boʻlay, komandir.
- Yalang boshidan qon oqayotgan, yirtilgan koʻylagi orasidan momataloq badani koʻrinib turgan, oʻzi choʻkka tushib, odamlardan shafqat soʻrayotgan yigirma yoshlardagi yigitga Tohirning rahmi keldi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Xotin kishining koʻz yoshi shirin boʻladi. Yodgorning rahmi keldi. Xotinini ovutdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bashirjon odamning rahmini keltirar darajada yupun, odmigina kiyinib, Shamsi Toʻrayevichnikiga yoʻl oldi. — N. Aminov — Suvarak.
Kelib chiqishi
arab. – shafqat, marhamat; achinish; mehribonlik, mehr
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0