Izohli lug‘at
rahmon
раҳмон
Ma’nolari
- . Rahm qiluvchi, shafqatli (Allohning sifatlaridan biri).
- Sabr tagi — rahmon Sabr qilinsa, Alloh ajrini, mukofotini beradi, rahm-shafqatini ayamaydi, degan maʼnoda qoʻllanadigan ibora.
- . Rahmon (erkaklar ismi).
Misollar
- Togʻajon, bering suyunchi, Qoʻllagay yaratgan rahmon. — "Yusuf va Ahmad".
- Xudoyo xudovando, yakka va yagonaliging, rahim va rahmonliging haqqi, mendek bir balokash, gunohkor ojiza bandangdan marhamatingni darigʻ tutmagaysan. — K. Yashin — Hamza.
- Sabr qiling, bolam, sabr tagi — rahmon! Ishlayapsizmi, ishxonangiz bormi? — dedi Choʻtir xola Umidga. — Mirmuhsin — Umid.
- Sabr tagi — rahmon derlar, ayla bardosh, Boshing toshdan, nahot sabring boʻlmasa tosh. — T. Toʻla — Asarlar.
Kelib chiqishi
arab. – mehribon, shafqatli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0