Izohli lug‘at
raiyat
раият
Ma’nolari
- esk. kt. Biror oʻlka yoki mamlakatda yashovchi xalq, fuqaro.
Misollar
- Hukmdor qanchalik oqil va odil boʻlsa, raiyat, ulamo, fuzalo ham haqgoʻylikka yuz tutgay. — M. Mahmudov — Mangu kuy izlab.
- Yigʻilgan raiyat pichirlab gaplashar, hammaning chehrasida qandaydir tahlika va taraddud muhrlangan, goʻyo hozir yomon, mudhish voqea sodir boʻlgusi edi. — O. Yoqubov — Koʻhna dunyo.
- Xon hali ichki oʻrdadan chiqmagan, hamma raiyat janobi oliyni kutib, muhtasham darvozaga koʻz tikkan edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
Kelib chiqishi
arab. – poda; qavm; fuqarolar, aholi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0