Izohli lug‘at
ramz
рамз
Ma’nolari
- [a. — belgi, imo, ishora
- laqab, taxallus] 1 Biror gʻoya, tushuncha, ho-disa kabilarni ifodalovchi, eslatuvchi shartli belgi, ishora.
- Qochiriq yoki ishora bilan aytilgan ran; imo-ishora, shama.
- Ramz (erkaklar ismi).
Misollar
- Doʻstlik ramzi. Ka-butar — tinchlik ramzi. m
- Ona oʻlkam mening ramzi sadoqat, Durlar shodasida durdona goʻyo. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Sanʼat-kor Bernora, moviy koʻl farzandi, sadoqat ramzi — Oqqushga aylanib, ravon suzib chiqadi sahnaga. — "Saodat".
- Yodgorliklar muqaddas no-dir meros sifatida Vatanga sadoqat ramzi boʻlib, avloddan avlodga oʻtib boradi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Biz, ozod Oʻzbekiston fukarolari uchun mustakillikning muqaddas ramzlari — Davlat gerbi, Davlat madhiyasi azizdir. — Gazetadan.
- Ramz bilan gapirmoq. m
- Latifa, askiya, ramzu kinoya Oʻtar ul-fatlar ichra benihoya. — Habibiy.
- Saidiy, gorchi keyinchalik Yoqubjonning ramziga tu-shungan boʻlsa ham, bu gapni haqoratga karshi haqorat tarzida aytdi. — A. Qahhor — Sarob.
- Hasrat toʻla soʻzingdan ozor topar nigorim, Ramzi ishora birlan kilgin uni ifoda. — E. Vohidov — Yoshlik devoni.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0