Izohli lug‘at
rasvo
расво
Ma’nolari
- Nojoʻya xatti-harakati, yurishturishi bilan el nazaridan qolgan; yaramas, razil.
- Juda ham yomon, tanqiddan tuban.
- Juda ham yomon, yaramas; nokas.
- Izdan chiqib ketgan, yomon ahvolga tushib qolgan; yomon, pachava.
- Buzuq, badaxloq.
- Rasvo boʻlmoq yoki rasvosi chiqmoq 1) el nazaridan qolmoq, el nazarida sharmandai sharmisor boʻlmoq.
- Rasvo qilmoq yoki rasvosini chiqarmoq 1) sharmandai sharmisor qilmoq.
- Rasvoi olam (yoki jahon) boʻlmoq; Hammaning oldida sharmandai sharmisor boʻlmoq, obroʻsi toʻkilmoq.
Misollar
- Rasvo odam.
- Tavba, — dedi u oʻziga-oʻzi, — yarim soat ichida ikki rasvo odam bilan uchrashsam-a. Hayotida hech mahal bunchalik yaramas tasodifga yoʻliqmagan edi. — Mirmuhsin — Umid.
- Rasvo gap.
- Uning xunukligi ustiga ikki dunyosi ham rasvo — hasadchi edi. — Mirmuhsin.
- Bojasi rasvo ekanini bilardim. — Shukrullo — Saylanma.
- Jaydari gʻoʻzaday mijgʻov, rasvo ekinni dehqon bolasi bilmasa kerak. — Gʻ. Gʻulom — Aliqulning qarzi.
- [Oʻrmon Dadavoyga:] Qayerdaki intizom mahkam, u yerda ish yirik. Qayerdaki intizom buzildi, u yerda ish rasvo. — Uygʻun — Navbahor.
- Ishni rasvo qildiku Padar lanʼat Toshbaqa. — "Yoshlik".
- Ana shunday qilib esdan ham ajrarsiz.. el ichida kulgiga ham qolursiz, rasvo ham boʻlursiz! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. 2) ishdan chiqmoq; buzilmoq.
- Poy sachrab, kiyimi rasvo boʻldi. Yap-yangi jinsi shim ham rasvo boʻldi. — "Sharq yulduzi". — ; 3) pachava boʻlmoq, buzilmoq.
- -Basharti xat dushman qoʻliga tushguday boʻlsami, ishimiz rasvo boʻladi, - dedi unga komandir vazifani tushuntirar ekan. — A. Rahmat — Varrakchi chol; 4) buzilmoq, yomon yoʻlga kirmoq.
- -Lozimidan boʻlak hamma yogʻini yechirib, rasvo qilib chiqarishibdi, — dedi Hoji xola. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.; 2) kirdikorlarni ochib tashlamoq.
- -Haromi meni toza rasvo qilganga oʻxshaydi, — dedi oʻzicha [Hoji]. — A. Qahhor — Yillar.
- Rasvomizni chiqarishibdi, — dedi Saidvaqqos entikib [Obidxoʻjaga]. Soʻng choʻntagidan gazeta chiqardi. — Felyeton qilishibdi. — X. Toʻxtaboyev — Felyetondan soʻng; 3) iflos qilmoq, yomon ahvolga keltirmoq.
- Ona! — Xolisa oʻgirilib qaradi, katta xona polida mushukchasiga sut boʻktirilgan nonni yedirolmay oʻtirgan oʻgʻilchasiga koʻzi tushdi: -Hoy, polni rasvo qilibsan-ku! — S. Nurov — Narvoy.
- -Voy-boʻ, hovlini rasvo qilibsizlar-ku, — deydi Fotima opa togʻora izlarini koʻrib. — R. Fayziy — Sen yetim emassan; 4) izdan chiqarmoq, buzmoq, pachava qilmoq.
- Shukur Karimovich gʻoʻdayib turgan Salimxon Obidiyga xoʻmraydi: -Domla, rasvo qildingiz! — deb poʻngʻilla-di. — Mirmuhsin — Umid.
- -Oʻsha felyeton hamma ishni rasvo qilib tashladi. Matbuotda eʼlon qilindimi — tamom. Gʻisht qolipdan koʻchdi. — N. Aminov — Qahqaha.; 5) buzmoq, yomon yoʻlga solmoq.
- Qizlarni ham rasvo qilyapsiz. — S. Zunnunova — Olov.
- -Bolalar meni yaxshi koʻrsin, deb ularni rasvo qilyapsiz, oʻrtoq Sultonova [dedi Baratov]. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Chakki qiladi Shoqosim aka. Nasha bir kupi uni rasvo qiladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Zamondin zamon oʻtib, ularning dilida yaxshilik, muruvvat, hamiyat, insofu adolat chirogʻi yonarmikin yoxud to qiyomat qadar shunday bad-baxtlik botqogʻida rasvoi olam boʻlib qolarmikinlar? — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bularni oʻylaganda, Tojiboyning ichini qorongʻi bosib, koʻz oldi tinib ketdi. Yoʻq, kimsan — Tojiboy oqsoqol bunday rasvoi jahon boʻlish uchun tugʻilgan emas. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Kelib chiqishi
fors. – sharmanda, badnom boʻlgan, uyatga, isnodga qolgan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0