Izohli lug‘at
ravon
равон
Ma’nolari
- Bir tekisda va toʻx-tovsiz boradigan yoki borayotgan, silliq.
- Bir tekisda, tinch oqayotgan.
- Toʻgʻri va tekis (yoʻl haqida).
- Mantiq va uslub jihatidan puxta va silliq, bir-biriga yaxshi bogʻlangan.
- Silliq, bir tekis.
- Oson va bir tekisda harakatlanadi-gan, ishlaydigan.
- ayn. ravona.
- Ruhi ravon Jon, hayot.
Misollar
- Ravon harakat. Mashina ravon ishlayapti. Gʻoʻzalar ravon oʻsmoqda.
- Ravon suv. Obi ravon. Uning koʻz yoshi ravon. m
- Toʻlqin-lar shovullar, soʻng oqar ravon, Tutashgan besh dengiz, oʻnlab daryolar. — X. Rasul.
- Kechasi charx-palak yangi joyga koʻchirildi va tongotarda dashtga bir joʻyak suv ravon oqdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Kemalarravon oqib ketishdi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Ravon yoʻl. Yomon yoʻldosh yov boʻlar, ravon yoʻlda gʻov boʻlar. — Maqol.
- shsh Hammayoq serqatnov, ravon yoʻl, hammayoq adil imoratlar, qasrlar, bogʻlar, fontanlar.. — H. Gʻulom — Zamin yulduzlari.
- Ravon sheʼr. Ravon uslub. Uning nutqi ravon. Ravon oʻqimoq. n
- Adolat sheʼrni ravon, chiroy-li oʻqidi. S. — Zunnunova — Olov.
- Nutqi ravon bolalarning baholari, koʻpincha, yuqori boʻla-di. — "Saodat".
- Muharram ravon gapirardi. Uning bunday nutqni birinchi marta soʻz-lamayotganligi koʻrinib turardi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Yangi yerda yangi chaman yaratgan qizlar, Yangramoqda yangi, ravon kuylaringiz-a/T. — Toʻla.
- Ha, hayot ravon emas, Bordir pastu balandi.. Shu fikrga kelganda, Yana bob tugallandi. — A. Muxtor — Asarlar.
- Aql va baxt birlashsa, insonning hayot yoʻli ravon boʻladi. — Gazetadan.
- Biroq hayotning ravon yoʻlidan koʻra soʻqmogʻi koʻp. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Ravon eshik. Charxi ravon.
- Devning aslahasin Shakar oladi, Otlanib Shakarbek ravon boʻladi. — "Shirin bilan Shakar".
- Fidoyi xalqim oʻlsin tanda jonim, Boʻlib qurbon senga ru-hi ravonim. — J. Sharipov — Xorazm.
- Holimiz behad yomondur, kelmasang holim soʻrab, Ey meni xush mehribon, ruhi ravonim, qaydasan? — Mashrab — Devon. Sarvi ravon Sarvdek xush-qomat va yurishi, harakati oʻziga yarashgan, kelishgan.
- Ey sarvi ravon, nadur xayoling, Jon oʻrtadi vaʼdai visoling. — Nodira.
- Qading, ey gul, hayotim bogʻining sarvi ravonidur. — Bobur.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0