Izohli lug‘at
ravoq
равоқ
Ma’nolari
- Binoning old tomondagi, peshtoq va ustunlar bilan bezatilgan qismi.
- Hashamatli bino; saroy, qasr.
- bnk. Tokcha va toqning mehrob shaklida birlashgan yuqori qismi.
- Hovli yoki bogʻ oʻrtasida tepasi yopiq qilib taxtadan ishlangan oynaband uy.
Misollar
- Boqqa kirilgandan keyin toʻgʻ-ridagi yangi oʻrdaning darvozasi, muhtasham.. toq va ravoqlar koʻzni qamashtirar.. edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Peshayvon pesh-toqidan, Toqilar ravoqidan Chirt uzildi bir uya. — T. Toʻla — Asarlar.
- Oʻzganing toqu ravoqidan oʻzingning ayvoning yaxshi. — Maqol.
- -"Mening davlatim xonlarning davlatidan kam emas", deb qiziga yaxshi joy-lardan arku ravoq qilib, chiroyli qizlardan qirq kanizak qilib berdi, — dedi Oqishboy. Usmon baxshi Mamat oʻgʻli, Boʻtakoʻz.
Kelib chiqishi
\a. Jljj — peshtoq, peshayvon; yopiq yoʻlak; bezakdor chodir
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0