Izohli lug‘at
ravshan
равшан
Ma’nolari
- Yorqin nur socha-digan; yorugʻ, yorqin.
- Yaxshi yoritilgan, yop-yorugʻ.
- Yaxshi koʻradigan, oʻtkir (koʻz haqida).
- Aniq, tushunarli, tushunish oson boʻlgan.
- Fikri ravshanning soʻzi ravshan. Maqol. ■■
- Koʻzga yaqqol tashlanadigan; ochiq-oydin, aniq, yaqqol.
- kesim vazifasida. koʻchma Yashirib, sir tutib boʻlmaydi, maʼlum, oshkor.
- Ravshan (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
- Koʻngli (yoki dili, taʼbi, tabiati, dunyo-si) ravshan boʻlmoq (yoki topmoq) Koʻnglida xafachilik yoki shubha alomati qolmaslik, koʻngli, dili yorishmoq, koʻngli tinchimoq.
Misollar
- Ravshan chiroq. Ravshan yonmoq. n
- Oldinda qishloq chiroqlari ravshan porlab, koʻzni qamashtiradi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Ravshan tun. shsh Kundek ravshan istiqboling, kamol top, respublikam. — Yo. Mirzo.
- Koʻzim ravshan. Koʻzim ravshan tortdi. sht Ravshan koʻzlarin yoshlab, Urdi qamchin quloch-lab. — "Malikai ayyor".
- Ravshan fikr. Ravshan javob.
- Onaning barcha tashvishli oʻylari sovun koʻ-pigiday oʻchdi. Voqea ravshan edi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Demak, masalaning bir tomoni ravshan, endi ikkinchi tomonini oʻy-lab koʻrish kerak. — A. Obidjon — Akang qaragʻay Gulmat.
- Elmurodning koʻnglidan: "bu podsho-lar ham yomon ekan-da”, degan.. fikr oʻtdi, uning goʻdak aqli buni ravshan ifodalashga ojiz edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ravshan surat. n
- Oylar, yillar oʻtishi bilan mening koʻzimga bu narsa ochiq-oydin, ravshan koʻrina boshla-di. — "Yoshlik".
- Oydinda ularning paranjili ikkita xotin ekanligi ravshan koʻrinib turar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bunine xatoli-gi ravshan. n
- -Ahvolimiz sizga ravshan, — bemor yoʻta,sh-yoʻtala, cholga ishorat qildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Gʻulomjon] Otasining xurragini eshitib, koʻngliravshan topdi. — M. Ismoiliy — Fargʻo-na t. o.
- Rahmatilla uning xush qabul qshgishi-dan, muomalalaridan koʻp savollariga javob topdi, dunyosi ravshan boʻldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Umid uyqudan koʻz ochib, gʻarib, ammo hammayogʻi chinnidek ozoda bir uy-da boʻlganidan koʻngli ravshan tortdi. — Mirmuhsin — Umid. Koʻnglini (yoki taʼbini) ravshan qilmoq Koʻngildagi xafagarchilikni, shubhani yoʻqotmoq, koʻnglini tinchitmoq, koʻnglini, dilini ochmoq.
- [Xolmat Ruzvonga:] Bu — odamning taʼbini juda ravshan qiladi. Mana bu tovuq goʻshtidan oling, juda soz boʻlibdi-da. Hamza, Kim oʻgʻri?
Kelib chiqishi
\f. 3D.jj — yorugʻ, nurli, yor-qin; aniq, koʻrinarli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0