Izohli lug‘at
razolat
разолат
Ma’nolari
- Yaramas, jirkanch xatti-harakat, qabih, razil ish; tubanlik, razillik.
- Razolatga tushmoq Tubanlikka yuz tutmoq.
Misollar
- Goʻdak qalbi oq varaqqa oʻxshatiladi. Agar ona oʻzining teran allalari bilan shu varaqqa ezgulik va nafosat misralarini tushira borsa, unda razolat va qabohatga oʻrin qolmaydi. — "Saodat".
- Mehrdan jannatga aylansin bagʻir, Razolatni yutsin jahannamiy choh. — A. Isroilov — Biz – dunyo odamlari.
- [Zuhra:] Ayni oʻrnida! Sen mening ogʻzimga urma! Bunday razolatni koʻra turib, yuz burib ketolmayman. — N. Safarov — Kimga toʻy, kimga aza.
Kelib chiqishi
arab. – pastkashlik, qabihlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0