Izohli lug‘at
reabilitatsiya
реабилитация
Ma’nolari
- Organizmning izdan chiqqan funksiyalarini hamda bemorlar va nogironlar mehnat qobiliyatini tez va toʻla-toʻkis tiklashga qaratilgan tibbiy, peda-gogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui.
- huq. Jinoyat sodir etishda asossiz gu-mon qilingan yoxud ayblangan shaxsning pok nomi, shaʼni va qadr-qimmatining huquq-ni muhofaza qiluvchi davlat organlari to-monidan tiklanishi.
Misollar
- Reabilitatsiya markazi. n
- Unda.. nogironlar-ni reabilitatsiya qilish markazining ish fao-liyatini kuchaytirish masalalari koʻrildi. — Gazetadan.
- Gulistondagi Sirdaryo viloyat reabilitatsiya va salomatlik markazida respublika seminari boʻlib oʻtdi. — Gazetadan.
- Endi ayolingizni reabilitatsiya boʻlimiga oʻtkaza-miz [dedi hakim/. — Gazetadan.
- Reabilitatsiya qilmoq. shsh Toshev masalasiga aralashib qamalgan Umarov., reabilitatsiya boʻlib, oqlanib ke-libdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
Kelib chiqishi
lot. rehabilitatio — qayta tiklash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0