Izohli lug‘at
reaktor
реактор
Ma’nolari
- [ingl. reactor < re.. + lot. actor
- — harakatga keltiruvchi] 1 Oʻzgaruvchan tok zanjirida qisqa tutashuv sodir boʻlganda, tokni cheklab qoʻyadigan yuqori voltli elektr apparati.
- kim. Reaktor - 1. Muayyan sharoitda reagentlarning kimyoviy o'zgarishlarini amalga oshirish uchun apparatdir. 2. Nazoratdagi yadro yoki termoyadroviy jarayonlarni amalga oshirish uchun apparat.
- adiabatik reaktor - adiabatik jarayon kechadigan reaktor.
- aralashish reaktori - jarayonlari komponentlarni aralashtirish yo'li bilan amalga oshadigan reaktor.
- ideal siqib chiqarish reaktori - uzluksiz ishlaydigan reaktor bo'lib, undagi oqim strukturasi ideal siqib chiqarish modeliga mos tushadi.
- ideal aralashish reaktori - uzluksiz ishlaydigan reaktor bo’lib, undagi oqim strukturasi ideal aralashish modeliga mos tushadi.
- ideal reaktorlar - hamma xarakteristikalarga mos tushadigan reaktorlar.
- izotermik reaktor - izotermik jarayon bilan kechadigan reaktor.
- trubkali reaktor - trubalar to'plami ko'rinishidagi reaktor.
- uzlukli (davriy) reaktor - yuklanish va yuksizlanish davriy ravishda amalga oshiriladigan reaktordir.
- uzluksiz reaktor - yuklanishi va yuksizlanishi uzluksiz amalga oshiriladigan reaktor.
- Boshqariluvchi radioaktiv reaksiya — atom yadrolarining parchalanish reak-siyasi amalga oshiriladigan qurilma.
Misollar
- Hozir yadro reaktorlarida uran yadrolarining par-chalanishi tufayli juda koʻp radioaktiv moddalar olinadi. — "Fan va turmush".
- Shimo-liy Koreya matbuotining xabarlariga Karaganda, ularning atom reaktori yadro quroli yaratishga emas, elektr energiyasi ishlab chi-qarishga xizmat qiladi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0