Izohli lug‘at
rioya
риоя
Ma’nolari
- . Hurmat yoki yuz-xotirlik yuzasidan qilingan muomala; hurmat, andisha.
- . Boʻysunish, amal qilish, saqlash.
Misollar
- Oʻlim degan narsa koʻz oʻngiga kelib toʻxtagandan keyin, Otabekdek mehmonlar rioyasi koʻnglidan yuvilur, soʻzning toʻgʻrisini aytishga majbur boʻlurlar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- U [Azimjon] mastlikda hech kimni rioya qilmasligini mingboshi yaxshi bilar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t. o.
- Qonunga rioya qilmoq.
- Tartibga rioya qilmoq.
- Ahmadjon, komandirning buyrugʻiga qattiq rioya qilib, jang maydonini diqqat bilan kuzatar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
Kelib chiqishi
arab. – gʻamxoʻrlik, parvarish; homiylik, vasiylik; amal qilish, boʻysunish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0